O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.35 Mb.
bet5/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

1.2.1. Qonuniylik prinsiрi
Qonuniylik prinsiрi Jinoyat kodeksining 4-moddasida mus­­tah­­kam­lab qo‘yilgan bo‘lib, unda uch mustaqil norma belgi­­langan:

1. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy okibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.

2. Hech kim sud hukmisiz jinoyat sodir qilishda aybli, deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas.

3. Jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va muayyan majburiyatlarni bajaradi.


Jinoyat huquqining qonuniylik prinsiрi bir necha huquqiy talablardan kelib chiqadi.

Ulardan birinchisi — xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustunligi, ya’ni qonuniylik prinsiрiga ko‘ra, O‘zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari xalqaro huquq normalariga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday xalqaro huquqiy normalar 1948-yilgi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1986–1989-yillardagi Vena kelishuvlari, Narkomaniya va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya hamda boshqa xalqaro jinoyatlar va xalqaro xususiyatdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi xalqaro shartnomalarda ifodalanadi.

Shuni aytib o‘tish joizki, xalqaro huquq normalari inson huquqlari bilan bog‘liq bo‘lib, unda sanksiyalar mavjud bo‘lma­ganligi tufayli Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismiga «Тinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar», deb nomlangan VIII bob kiritilganligi milliy huquq normalarining xalqaro huquq normalariga mos kelishini bildiradi.

Qonuniylik prinsiрining ikkinchi talabi — Jinoyat kodeksining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasiga ko‘ra, birorta ham qonun va boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Jinoyat kodeksining Konstitutsiyaga mos kelishi, shuningdek, Jinoyat kodeksi va Konstitutsiya normalari o‘rtasida kolliziya (qarama-qarshilik) kelib chiqqanda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining ustunligi tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deb ta’kidlab o‘tilgan. Konstitutsiyaning aynan shu moddasidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismiga «Hayotga qarshi jinoyatlar» bobi kiritilgan.



Uchinchi talab: «qonunda ko‘rsatilmagan jinoyat ham, jazo ham mavjud emas». Bu qadimiy huquqiy qoida quyidagi lotincha jumlalar orqali ifodalanadi: «Nullum crimen, nulla poena sine lege».

Ushbu qoida qonuniylik prinsiрining asosiy qoidasi bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs qonunda ko‘rsatilgan jinoyati uchun qonunda ko‘rsatilgan jazo doirasidagina javobgarlikka tortiladi, ya’ni shaxsning sodir etgan qilmishning jinoiyligi va ushbu jinoyat uchun jazoning mavjudligi jinoyat qonunida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.



Qonuniylik prinsiрining to‘rtinchi talabi — jinoyat uchun javobgarlik haqidagi normalarning jinoyat qonunida kodefikat­siyalanishi kerakligida ifodalanadi, ya’ni javobgarlikni belgilovchi alohida qonunlar, masalan, harbiylarning jinoiy javobgarligi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonunlar amal qilishi mumkin emas. Barcha jinoyat huquqiy normalar yagona Jinoyat kodeksida mujassamlanishi kerak.

Jinoyat huquqi qonuniylik prinsiрining beshinchi talabi bo‘yicha: jinoyat qonunining analogiya bo‘yicha qo‘llanilishi taqiqlanadi, ya’ni «jinoyat-huquqiy javobgarlikni belgilovchi normalar Jinoyat kodeksida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash normalar qo‘llaniladi», qoidasi jinoyat huquqida amal qilmaydi.

Qonuniylik prinsiрining oltinchi talabi kriminalizatsiya bilan bog‘liq bo‘lib, qonun chiqaruvchi tomonidan shaxsning jinoyat, deb hisoblanadigan xulq-atvori uning qilmishiga nisbatan, ya’ni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakat yoki harakatsizlikka nisbatan olinadi. Ma’lum bir jinoyatni sodir qilish xayoli, o‘yi jinoyat, deb hisoblanmaydi va ular uchun jazo mavjud emas («Cogitationis poenam nemo patitur»)1.

Jinoyat huquqi nazariyasidagi ilmiy bahslarga ko‘ra, javob­garlikning muqarrarligi prinsiрini qonuniylik prinsiрi tarkibiga kiritish ham mumkin.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling