O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.35 Mb.
bet8/130
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#213513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
Bog'liq
53511c77e324f

1.2.4. Insonparvarlik prinsiрi
Bu prinsiр Jinoyat kodeksining 7-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, uch asosiy qoida (norma)larni o‘z ichiga oladi:
1. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.

2. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

3. Jazolash maqsadiga Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.

Insonparvarlik prinsiрi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosi Konstitutsiyaning 26-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Insonparvarlik prinsiрi ikki:
birinchidan, jamiyatning har bir a’zosining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, uning huquq va erkinliklarini jinoyat huquqiy vositalar orqali himoya qilinishini ta’minlash;

ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llani­ladigan jazo chorasi qiynoq, zo‘ravonlik, jismoniy azob, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan xoli bo‘lishi ma’nosida qo‘llaniladi.


Bu prinsiр Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida o‘z aksini topgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonunining vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar mustahkamlangani jinoyat qonunimiz insonparvarlik prinsiрiga amal qilingan holda tuzilganligidan darak beradi.

Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi esa shaxs, uning hayoti, sog‘lig‘i hamda huquq va erkinliklarini muhofaza qilish haqidagi normalarni o‘z ichiga olgan bo‘lim va boblardan boshlangan. Shuningdek, insonparvarlik prinsiрi jinoyat huquqining javobgarlik va jazodan ozod qilish institutida ham amal qiladi. Qonun chiqaruvchi organ tomonidan Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismiga «Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» deb nomlanuvchi alohida VI bo‘limning kiritilganligi ham insonparvarlik prinsiрidan darak beradi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling