O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Intizomiy qismga jo‘natish faqat muddatli harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladigan asosiy jazo turidir. Jazoning ushbu turi jinoyatning maxsus subyektiga nisbatan qo‘llaniladi. Uning boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Muddatli harbiy xizmatchilarga umumiy safarbarlik asosida va muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan oddiy askarlar, serjantlar, shuningdek, ofitserlar tarkibida xizmatni o‘tayotganlar kiradi. Bu jazo turining asosiy xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonuni normasi sanksiyasida ko‘rsatilgan hollardagina qo‘llaniladi. Jazoning mohiyati — harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddatga maxsus ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan harbiy qismga jo‘natishda ifodalanadi. Jazoni o‘tashda maxsus ichki tartib qoidaga amal qilinadi. Intizomiy qismga jo‘natish asosiy jazo turi bo‘lib, uning ijrosi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Intizomiy qismda mahkumlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta’tillar berilmaydi. Qonunda intizomiy qismda jazoni o‘tash muddati belgilangan bo‘lib, u Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalarida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Shuningdek, sud ish holatlarini va mahkumning shaxsiga taalluqli ma’lumotlarni hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga shu muddatdagi intizomiy qismga jo‘natish jazosini qo‘llashi mumkin. Intizomiy qismda bo‘lish muddati uch yilgacha qilib belgilanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan ish holatlari deganda, jinoyatning og‘irligi, uning oqibatlari, uning xususiyati va boshqa holatlar tushuniladi. Bunda sud javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarini hisobga olishi lozim. Mahkumning shaxsini xususiyatlovchi belgilarga davlat mukofotlari olganligi, sudlanganligi, uning tugaganligi yoki olib tashlanganligi yoxud jazoni ozodlikdan mahrum etish joylarida o‘taganligi e’tiborga olinadi. Sud hukmida jazo muddatining ko‘rsatilmaganligi jinoyat qonunini buzish hisoblanadi, bu esa hukmning bekor qilinishiga asos bo‘ladi. Mahkumlarning intizomiy qismda jazoni o‘tash vaqti harbiy xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. Jazoni o‘tagandan so‘ng mahkum harbiy qismga jo‘natiladi. Jazoni o‘tash vaqtida harbiy xizmat muddati o‘tmaganligi sababli, boshqa turdagi jazo bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar jazoni o‘tash davomida mahkum harbiy xizmatga layoqatsiz, deb topilsa, unga nisbatan bu jazo chorasining ijro etish to‘xtatilishi lozim. Bunda sud jazoni o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirishi yoki jazodan ozod qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim. Jinoyat-ijroiya kodeksining 160-moddasiga ko‘ra, intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessal kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga kiritib hisoblash to‘g‘risidagi masala garnizon harbiy sudining sudyasi tomonidan jazoni o‘tash muddati o‘tgach qo‘mondonlikning iltimosiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi1. birinchidan, harbiy xizmatchi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qism moddasida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatni sodir etsa. Bu jazo muqobil jazo sifatida Jinoyat kodeksining 279-moddasi — «Bo‘ysunmaslik», 280-modda — «Buyruqni bajarmaslik», 281-modda — «Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish», 283-modda — «Badanga shikast yetkazish» kabi jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan; ikkinchidan, bu jazo harbiy soha bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etgan harbiy shaxslar uchun ham qo‘llaniladi. Buning uchun qonunda uch sharti ko‘rsatilgan: a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati ozodlikdan mahrum qilish jazosini intizomiy qismga jo‘natish jazosi bilan almashtirish imkonini bersa; b) mahkumning shaxsi ham ushbu talabga javob berishi; d) intizomiy qismga jo‘natish jazosi bilan almashtirilayotgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi uch yildan ortiq bo‘lmasligi lozim. Birinchi shart shuni anglatadiki, harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lmasligi lozim. Agar intizomiy qismga jo‘natish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga tayinlansa, harbiy qismda bo‘lish muddatining bir kuni ozodlikdan mahrum etish jazosining bir kuniga tenglashtiriladi (61-modda). Ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilganda ish holatlari va mahkum shaxsini tasdiqlovchi xususiyatlar e’tiborga olinadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling