O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.35 Mb.
|
53511c77e324f
Xizmat bo‘yicha cheklash jazosi Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 47-moddasiga muvofiq, xizmat bo‘yicha cheklash – ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi, praporshik, michman va harbiy xizmatni kontrakt asosida o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, oylik ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iborat jazo chorasi. Xizmat bo‘yicha cheklash faqat asosiy jazo sifatida tayinlanilishi mumkin. Bundan tashqari qonunda ushbu jazo chorasini qo‘llashni cheklovchi qator shartlar belgilangan:
ikkinchidan, bu jazo faqat harbiy jinoyatlarga yoki Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasida ko‘rsatilgan hollarda boshqa qilmishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Jinoyat qonuni harbiy xizmat bo‘yicha cheklashda ikki asosiy jazoni nazarda tutadi (47-moddaning 2-qismi): 1) sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida mahkumning mansabi ko‘tarilishi mumkin emas (masalan, rota komandiri, batalyon komandiri bo‘la olmaydi); 2) uning harbiy yoki maxsus unvoni oshirilmaydi. Masalan, kapitan unvonidagi harbiy mayor unvonini ololmaydi. Chunki jazoni o‘tash muddati harbiy unvonni oshirish uchun zarur bo‘lgan muddatga qo‘shilmaydi. Qonunda belgilangan xizmat bo‘yicha cheklash jazosining qo‘llanishi, qonunda belgilangan cheklovlardan tashqari boshqa cheklovlar (harbiy xizmatchiga tegishli bo‘lgan maxsus huquqlar, uning xizmat kvartirasiga bo‘lgan huquqi, yashash sharoitini yaxshilashga bo‘lgan imtiyozlar)ni nazarda tutmaydi. Jinoyat kodeksining 47-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, mahkumni oylik ish haqining o‘n foizidan o‘ttiz foizgacha bo‘lgan miqdori davlat foydasiga ushlab qolinadi. Xizmat bo‘yicha cheklash Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Jazoni o‘tash muddati uning navbatdagi harbiy yoki maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. Shuningdek, mazkur muddat pensiya tayinlash uchun ham zarur bo‘lgan xizmat stajiga ham qo‘shilmaydi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga xizmat bo‘yicha cheklash jazosini tayinlashi mumkin. Shunday qilib ushbu jazo turining huquqiy oqibatlari quyidagilardan iborat:
2) ushbu muddatning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvonni olish uchun zarur bo‘lgan muddatga qo‘shilmaydi; 3) mahkum daromadining bir qismi davlat hisobiga o‘tkazilishi orqali unga moddiy jafo yetkaziladi.
ikkinchidan, qamoq jazosi bir oydan olti oygacha muddatda belgilanadi. Qamoq jazosi asosiy jazolardan biri bo‘lib, boshqa jazolar bilan qo‘shib tayinlanishi mumkin emas. Shuningdek, Jinoyat kodeksi normasi sanksiyasida ko‘rsatilmagan hollarda ham qamoq jazosi tayinlanishi mumkin: Jinoyat kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, yengilroq jazo tayinlanganda; Jinoyat kodeksining 44-moddasi, 3-qismiga ko‘ra, aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo‘yin tovlaganda, u qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Uncha ijtimoiy xavfli bo‘lmagan jinoyatlar, ba’zi ehtiyotsizlik orqasidan sodir qilingan jinoyatlar uchun shaxsga nisbatan bunday tartibdagi qisqa muddatli jazoni qo‘llash joizdir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, birinchidan, shaxsni axloq tuzatish muassasalariga yuborishning ijtimoiy salbiy oqibatlari oldi olinadi va ikkinchi tomondan, shaxsga boshqa jazo turi bilan ta’sir etish orqali umumiy va maxsus prevensiya natijalariga erishib bo‘lmasligi aniqlanganidek, bu jazo turidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs jazoning barcha muddatini O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov izolatorlarining maxsus ajratilgan xonalarida o‘taydi. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs kasal bo‘lib qolganida, davolanishi yoki mahkumning xavfsizligini ta’minlash uchun uni bir muassasadan boshqasiga ko‘chirish mumkin. Qamoqqa mahkum etilganlar boshqa toifadagi aybdorlardan ajratilgan holda saqlanadi. Ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi uchun belgilangan tartib qo‘llaniladi. Qamoq jazosi qasddan sodir etilgan (qasddan badanga yengil shikast yetkazish — 109-modda, qiynash — 110-modda, o‘g‘rilik — 169-modda) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun ham (ehtiyotsizlik natijasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘r shikast yetkazish — 111-modda) qo‘llaniladi. Qamoq jazosi jinoyat huquqi normalari sanksiyalarida boshqa jazo turlariga muqobil tarzda ko‘rsatilgan. Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida jazoni o‘tashadi. Mahkumlar butun jazo muddatini, odatda, bitta qamoq uyida o‘tashadi. Ular qamoq uyining xo‘jalik xizmatiga oid ishlarga xaftasiga to‘rt soatgacha bo‘lgan muddatga jalb etilishi mumkin. Mahkumlar ikki kishilik, to‘rt kishilik yoki umumiy kameralarda saqlanadi. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ilgari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxslardan alohida saqlanadilar.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling