Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU. MARKETINGNING FUNKSIYaLARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI
Nazorat va mulohaza uchun savollarMarketingni mazmun mohiyati nimalardan iborat? Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari nimadan iborat? Zamonaviy marketing tushunchasini izohlab bering? Marketingni asosiy kategoriyalari nimalardan iborat? Bozor elementlariga nimalar kiradi? Marketingni asosiy konsepsiyalari nimalardan iborat? Marketing elementlari tarkibiga nimalar kiradi? MAVZU. MARKETINGNING FUNKSIYaLARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARIReja: Marketingning asosiy tamoyillariMarketing funksiyalari va uning mazmuni Marketingning asosiy vazifalariTalabning holati va rivojlanishiga koʻra marketingning turlari Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari boʻlib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan tamoyillar yotadi. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: -mavjud va potensial iste'molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki xizmatga boʻlgan talabini qondirishga yoʻnaltirish; -barcha zvenolar faoliyatini xoʻjalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib, ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yoʻnaltirishni ta'minlash; -korxonaning ishlab chiqarish hamda tijorat faoliyatini uzoq muddatli natijadorligini ta'minlash; -iste'molchilarni oʻzgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida, korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning oʻzida, ularning ehtiyojlarini shakllantirish va ragʻbatlantirishga ta'sir oʻtkazish. Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan toʻrtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi. Iste'mol darajasini oshirish; Iste'molchilarni qondirilishini maksimallashtirish; Iste'mol tanlovini maksimallashtirish; Turmush tarzini (sifatini) oshirish. Iste'mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini oʻsishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi. Iste'molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste'mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga toʻliq mos kelishiga erishishni koʻzlaydi. Iste'mol tanlovini maksimallashtirish iste'molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini koʻrsatib, ularning xodimlariga toʻliq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin boʻlgan tovarlarni mujassamlashtiradi. Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta'minlash va tovar (xizmat) narx boʻyicha maqbul boʻlish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi. Marketingning asosiy tamoyillari: Iste'molchiga yoʻnaltirilganlik. Kelgusiga yoʻnaltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga moʻljalni olgan boʻlishi kerak. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yoʻnaltirilganlik. Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning oʻsishi bilan belgilanadi. Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish albatta iste'molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga moʻljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi: iste'molchilarga nima kerak boʻlsa oʻshani ishlab chiqarish kerak; bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste'molchilarn muammolarini echish vositalari bilan ishlash; tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan soʻng tashkil etish kerak; firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga konsentrlashganini kuchaytirish; marketing konsepsiyasi vositalarini qoʻllash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; tovarni iste'molchiga siljitishni barcha boʻgʻinlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni oʻzida maqsadli yoʻnaltirilgan ta'sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qoʻllash; korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikasiyani uzoq muddatli istiqboliga moʻljal olish; tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash; talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo korrdinasiyalash va oʻzaro ta'sirini ushlab turish; tovar bozori yoki firma imiji (obroʻyi) va raqobatli ustunlikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta'sir oʻtkazishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi: iste'molchilarga yoʻnaltirilgan tamoyil, ya'ni iste'molchi shohdir; istiqbolga yoʻnaltirilgan tamoyil, ya'ni sub'ekt faoliyati istiqbolga yoʻnaltirilgan boʻlishi zarur; pirovard koʻrsatkichga erishishga yoʻnaltirilgan tamoyil, ya'ni bozor ulushini, foydani oshishi va hokazolar. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling