Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Bozor kon'yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari


Download 2.86 Mb.
bet45/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

6.3. Bozor kon'yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish koʻrsatkichlari hamda baholash uslublari


Kon'yunktura tahlili oʻz ichiga ishlab chiqarish va iste'molning hajmi, tarkibi, bir tovarning boshqasining oʻrnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning oʻzgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining oʻrganishni oladi. Bozor konyu'nkturasini muntazam ravishda oʻrganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon'yunkturasi qaysi tovar chiqarishni koʻpaytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma'lumotlar beradi. Bu ma'lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor kon'yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki boʻzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga koʻra bozor kon'yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay boʻlishi mumkin.


Bozor kon'yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga bogʻliqdir, narx- navoga, modaning oʻzgarishiga qarab har xil boʻladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qoʻshimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport
va import, shuningdek narx - navodagi oʻzgarishlar yoʻnalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi oʻrganiladi.
Investisiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga boʻlgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yoʻnalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta'minlanishini darajasini hisobga olib talab oʻrganiladi.
Uzoq muddatli oʻsish imkoniyalarini aniqlash va kon'yunktura tahlili bir -biri bilan bogʻliq va u bir-birini toʻldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun toʻplangan ma'lumotlarni 3 ta guruhga boʻlinadi:
-oʻtgan davr kon'yunktura ma'lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon'yunktura ma'lumotlari;
-kelgusidagi kon'yunkturaga ta'sir etuvchi ma'lumotlar.
Kon'yunkturani tahlil qilish shakli boʻlib, kon'yunktura sharhi boʻlib hisoblanadi.
Kon'yunkturani tahlil qilish savollariga oʻtishdan avval kon'yunkturani koʻrsatkichlar tizimini koʻrib chiqish darkor.
Koʻrsatkichlar shartli ravishda makro va mikro koʻrsatkichlarga boʻlinadi. Makroqoʻrsatkichlarga - umumxoʻjalik kon'yunkturasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, tovar aylanma koʻrsatkichlari, pul muomalasi koʻrsatkichlari, iste'mol koʻrsatkichlar kiradi. Mikroqoʻrsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi koʻrsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste'moli, narx dinamikasi va h.k.
Umumxoʻjalik kon'yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga koʻra ikkita yoʻl olib borish mumkin:

  1. Agar ma'lum bir vaqtning ichida kon'yunkturaning rivojlanish tendensiyalari va sur'atlarini bilib olish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda kon'yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini oʻrganish yoʻli bilan olib boriladi,

  2. Agar eng oxirgi sanaga kon'yunktura holatini aniqlash masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yoʻli bilan olib boriladi. Shuni e'tiborga olish kerakki, kon'yunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash oʻzora bogʻliq va bir - birini toʻldiradi.

Kon'yunktura tahlili jamiyatning xoʻjalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan oʻzboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma'lumotlarga endoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yigʻindisiga endashish kerak.Kon'yunktura tahlilining shakli bu kon'yunktura sharhi va ma'lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste'molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon'yunkturani oʻzgarishini aks ettiradi.
Ba'zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish belgilangan iste'molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi boʻyicha ishlaydilar.Boshqalar esa, ya'ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma'lum iste'molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki oʻz ishi natijasida ishlab chiqarish kon'yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq koʻrsatkichi boʻlib hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yoʻqligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling