Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. GE yoki Djeneral - Elektrik matrisasi


Download 2.86 Mb.
bet41/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

5.9-rasm. GE yoki Djeneral - Elektrik matrisasi


Firmaning biznes portfelida har bir mahsulotning joyi aniqlangandan soʻng toʻrtta strategiyasidan biri tanlanadi.

  1. Ishlab chiqarishni kengaytirish (maqsadi – bozor ulushini oʻstirish).

  2. Saqlab qolish (maqsadi – bozor ulushini saqlab qolish).

  3. “Hosilni yigʻib olish”(maqsadi – qisqa muddatli pul mablagʻlarini kelib tushishini oʻstirish).

  4. Tugatish (maqsadi – sotish yoki mavjud resurslardan samarliroq foydalanish uchun biznesni tugatish).

SWOT tahlil – marketing tahlilining oddiy va keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. S
WOT tahlil quyidagicha tavsiflanadi:

  • S (STRENGTHS) – firmaning kuchli tomoni;

  • W (WEAKNESSES) – firmaning kuchsiz tomoni;

  • O (OPPORTUNITIES) – imkoniyatlari;

  • T (THREATS) – tazyiqlar.

Birinchi ikkita omil kompaniyaga nisbatan ichki, qolgan ikkita – tashqi hisoblanadi. Odatda, SWOT tahlilning natijalari toʻrtta kvadratlik jadvalda ifodalanadi.



Kuchli tomonlari

Kuchsiz tomonlari

Ichki omillar

Imkoniyatlari

Tazyiqlar

Tashqi omillar



5.10-rasm. SWOT tahlil matrisasi


SWOT tahlil natijasida kompaniyaning kelgusidagi faoliyati yoʻnalishlari xulosasini chiqarish mumkin.
Marketing rejasi asosiy hujjat boʻlib, kim, nima va qaerda hamda qaysi yoʻl bilan aniq vazifani bajarish shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi.
Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, narx, reklama, moliya, kadrlar va boshqalar boʻyicha korxona siyosatini belgilaydi.
mahsulot assortimentini rejalashtirish - boʻlajak iste'molchilar guruhini va ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik koʻrsatkichlarini va iste'mol qiymatlarini muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovka (oʻram)ni rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni oʻz ichiga oladi;
tovar harakati yoʻnalishlarini va sotishni rejalashtirish - tovarlar oqimi yoʻllarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta upakovka(oʻram) qilish, tovar aylanma va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni aniqlashdan iborat;
reklama va sotishni ragʻbatlantirishni rejalashtirish - reklama vositalarini tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni ragʻbatlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga ta'sir koʻrsatish yoʻllarini baholash demakdir;
moliyaviy koʻrsatkichlarni rejalashtirish - shu jumladan, marketing xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab, xarajatlar, raqobatchilar, marketing tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi;
kadrlar bilan ta'minlashning rejasi - rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga qoʻyish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa korxonalar tajribasini oʻrganishni oʻz ichiga oladi;
Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat - ma'lum davr mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir.
Yillik rejani nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste'molchilarning tovarlarga boʻlgan munosabati va boshqalar tahlil qilinadi. Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yoʻli bilan uning rentabelligini nazorat qilinadi.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling