Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Bozor segmentasiyasining xususiyatlari


Download 2.86 Mb.
bet49/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Bozor segmentasiyasining xususiyatlari




Bozorni segmentlash, bozorni oʻrganishning asosiy usulidir. U yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga boʻlinadi. Bozor segmenti - bu iste'molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni toʻgʻri segmentlash, shu segmentning maxsus ehtiyojlariga qat'iy rioya qilingan holda, kam xarajatlar bilan tovar etkazib berishni toʻgʻri tashkil qilishdan iboratdir. Xalq iste'moli tovarlari bozorini tadqiq etishda marketingga oid adabiyotlarda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi. Birinchisi xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayotiylik davri, kasbi, turmush tarzi va shunga oʻxshash umumiy belgilarni hisobga oladi. Mezonlarning ikkinchi turi segmentlashni ijtimoiy guruhlarning kadriyatlari tizimi yoki ularning marketing strategiyasining, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabi vositalariga koʻrsatadigan qiziqishlari asosida olib boradi. Amaliyotda birinchi usul koʻproq qoʻllaniladi, ikkinchi usulni qoʻllash qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ijtimoiy sosiologiya va psixologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yoʻli bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Xaridorlarning munosabatini tabaqalashtiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi. Koʻpgina mamlakatlarda daromad boʻyicha uch guruhga segmentlashdan keng foydalaniladi.
Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega boʻlgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati hamda oʻz guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bogʻliq boʻladi.
Ikkinchi guruh - har bir mamlakatdagi oʻrtacha daromad egalaridir, ularning soni juda koʻp, garchi bu guruh ichida yana oʻziga xos tabaqalanish boʻlsada, umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling