Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Bozor raqobati yuzaga keltiruvchi omillar11


Download 2.86 Mb.
bet57/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

8.1-rasm. Bozor raqobati yuzaga keltiruvchi omillar11


Iste'molchilar doirasining cheklanganligida bozor talabining hajmi va ularning xarajatlarining ulushi; resurslarning cheklanganligida esa moliyaviy mablagʻlar, mahsulotning etishmaslik darajasi, yangi texnologiyalarni kiritish, yuqori malakali kadrlarning etishmasligi kabilar; mahsulotlarni siljitishda bozorning turi va raqobatning ta'sirlanish boʻyicha turi hisobga olinadi.


    1. Raqobat turlari va shakllari


Raqobat intensivlik darajasi boʻyicha, ehtiyojlarni qondirish shakli boʻyicha, xarajatlar yoʻnalishi boʻyicha va ta'sir qilish usullari boʻyicha klassifikasiyalanadi.
Raqobat klassifikasiyasi quyidagi rasmda aks ettirilgan:

8.2-rasm. Raqobat klassifikasiyasi12


    • Intensivlik darajasi boʻyicha

  1. Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub'ekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan koʻproq foyda oladi;

  2. Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab turadi;

  3. Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir- birini bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.

    • Ehtiyojlarni qondirish shakli boʻyicha:

  1. Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar oʻzaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni oʻsha ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish oʻrtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil maxsulotlar bitta va oʻsha oʻsha ehtiyojni qondiradi, ya'ni chanqoqni qondiradi.

  2. Tur raqobat – mazmuniga koʻra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yoʻnaltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega boʻlmagan oʻxshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari oʻrtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq boʻlishi mumkin va iste'molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol oʻynashi mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati boʻyicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida amaliyotda koʻp uchraydi.

  3. Predmet raqobati – bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman boʻlmasligi mumkin yoki minimal boʻlishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga koʻra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e'tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq boʻlishi mumkin. Chunki ishlab chiqaruvchilar raqobatchining bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha boʻlishi mumkin. Narxdan tortib reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha boʻlishi mumkin.

Xarajatlar yoʻnalishi boʻyicha F. Kotler 4 ta turini koʻrsatib beradi13. Mazmunan extiyojni qondirish shakliga oʻxshash boʻladi.

  1. Savdo markalari raqobati

  2. Tarmoq raqobati

  3. Formal raqobat

  4. Umumiy raqobat

Savdo markalari raqobati oldingi klassifikasiyadagi predmet raqobatiga oʻxshash boʻlib hisoblanadi. Bu koʻproq bir-xil ishlab chiqarish oʻxshash tovarlar va bir-xil maqsadga yoʻnaltirilgan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kuzatiladi.
Tarmoq raqobati-tur raqobatiga oʻxshash boʻlib, bir-xil tovarlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi tur raqobatiga toʻgʻri keladi.
Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar oʻrtasidagi raqobat boʻlib bitta va oʻsha ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgandir. Oʻz oʻrnida funksional raqobatga toʻgʻri keladi.
Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari barchasi oʻrtasidagi raqobat kuzatiladi.

    • Ta'sir qilish usullari boʻyicha:

  1. Narxli raqobat

  2. Narxsiz raqobat

Narxli raqobat-xaridorlarni oʻziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qoʻllab lider qilolmaydi.
Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.
Bundan tashqari raqobat yuzaga kelish darajasi boʻyicha makroiqtisodiy, mezo va nano iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha farqlanadi.
Raqobatning turlanishi 8.3-rasmda keltirilgan.


13 Kotler F. i dr. Osnovi marketinga. – M.: OOO “I.D.Vilyams”, 2012. – 317 s.






Iqtisodiy maqsadga erishish


usuli n

Rasmdan koʻrinib turibdiki, makroiqtisodiy yoʻnalishda – iqtisodiyot miqyosidagi, mezoiqtisodiy yoʻnalishda – tarmoq miqyosida, mikroiqtisodiy yoʻnalishda – mahsulot miqyosida va nano iqtisodiy yoʻnalishda firma miqyosidagi raqobatni yuzaga chiqish darajasi ifodalangan.


Erkin raqobat davrida raqiblar kurashining ikki asosiy shakli amal qiladi:

  • tarmoq ichidagi;

  • tarmoqlararo raqobat.

Tarmoq ichidagi raqobat deganda bir tarmoqqa kiradigan firmalar oʻrtasida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishshng qulay sharoitlari va yaxshi foyda olish uchun kurashish tushuniladi. Har bir tarmoqda korxonalarniyag texnika darajasi va mehnat unumdorligi darajalari turlicha boʻlganligi sababli, ular chiqarayotgan tovarlarning individual qiymati ham har xil boʻladi. Biroq, bizga ma'lumki, tovar xoʻjaligida qiymat qonunining amal qilishi sababli turli individual qiymat ijtimoiy bozor qiymatiga keltiriladi. Bunga sabab tarmoq ichidagi raqobat kurashidir.
Tarmoqlararo raqobat deganda turli tarmoq firmalari oʻrtasida eng yuqori foyda olish uchun olib boriladigan kurashni tushunamiz. Kapitalning xususiyati shuki, u doimo harakatda boʻlib, oʻz sohibiga foyda keltirib


14 Ergashxodjaeva Sh.D. Xalqaro raqobat. Oʻquv qoʻllanma. T.: TDIU, 2013 y. 252 bet.
turishi kerak. Kapital sohiblari esa ularni foydaliroq sohalarga joylashtirishga harakat qiladilar. Ular uchun nimani bozor koʻtarsa, shuni ishlab chiqarib koʻproq foyda olish muhimdir.
Tarmoqlararo raqobat kurashi kapitalni yaxshi foyda keltiradigan oohalarga joylashtirish uchun boradi. Qaerda foyda koʻp boʻlsa, shu erga resurslar oqib oʻtadi, chunki shu erdagi tovarga talab koʻp boʻlib, u qondirilsa, yaxshi foyda koʻrish mumkin.
Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish boʻlgan. Bu usulni qoʻllash uchun korxona boshqalarnikidan koʻra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past boʻlib, bu narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham oʻzgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari oʻrnini narx bilan bogʻliq boʻlmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporasiyalar narxni tushirish yordamida raqobatchisini bozordan oʻzi ziyon koʻrmagan holda siqib chiqarishi amrimahol boʻlganidan, u bozordagi vaziyatni oʻzgartirish uchun oʻzining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi.
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim oʻrin egallaydi, chunki:

  1. narxni pasaytirish tovar sotishni koʻpaytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yoʻliga oʻtiladi, bu bilan tovar sotishni koʻpaytirish mumkin;

  2. yirik firmalar kuchli boʻlganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni modernizasiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.

Narx bilan bogʻliq boʻlmagan raqobat usullarining qoʻllanishi oʻzaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U koʻproq yashirin tus olmoqda, ya'ni tovarlar e'lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qoʻllanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish poʻlat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xoʻjalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.

    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling