Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet56/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining oʻrnini bosadigan tovarning) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizasiya qilish imkoniyati mavjud boʻladi.
Moliya bozori banklar hamda boshqa kredit, sugʻurta va oʻzga moliya tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy boʻlinishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻladi.
Mazkur qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, hozirgi vaqtda mulk turi har-xil boʻlgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil boʻlgan korxonalar (firmalar) oʻrtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni cheklashdan iborat.
Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar sub'ektlariga nisbatan bu qoidalarning qoʻllanilishi mazkur sub'ektlarning oʻziga xos vazifalari bajarilishini cheklab qoʻymaydigan holatlarda tadbiq etiladi.
Raqobat umumijtimoiy kategoriya boʻlib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari oʻrtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun boʻladigan kurashni anglatadi. U kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos boʻlib, odamlar oʻrtasidagi oʻz imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanish, ayrim sohalarda oʻz ustunliklarini namoyon qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa oʻrtasida obroʻliroq boʻlish uchun boʻlgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy sohadagi raqobat muhim


10 Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisidagi” Qonuni.
rol oʻynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish munosabatlarining sub'ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar, tadbirkorlar, yollanma ishchilar va hokazolar) oʻrtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti (arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega boʻlish unumliroq texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qoʻlga olish, umuman, yuqori daromad olish imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Iqtisoddagi raqobat koʻp qirrali hodisa boʻlib, yaxshi daromad koʻrish, oʻz qobiliyatini toʻlaroq ishga solish, oʻzi mashgʻul ishni rivojlantirish, oʻz sohasida imijga ega boʻlish uchun kurashni bildiradi.
Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta'sirini koʻrsatish zarur. Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin(8.1-rasm):


Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling