Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet55/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Bozor segmentasiyasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Bozor segmentasiyasining qanday turlarini bilasiz?

  3. Bozor segmentasiyasining asosiy tamoyillarini aytib bering.

  4. Maqsadli segmentni tanlash deganda nimani tushunasiz?

  5. Differensiallangan marketing strategiyasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Konsentrlangan marketing strategiyasining mazmuni nimadan iborat?

  7. Makrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?

  8. Mikrosegmentlash deganda nimani tushunasiz?

  9. Avvaldan segmentlash deganda nimani tushunasiz?
  1. BOB. RAQOBATLI STRATEGIYaLAR


Reja:
  1. Raqobat tushunchasi va mohiyati


  2. Raqobat turlari va shakllari
  3. Raqobat evolyusiyasi va unga ta'sir etuvchi omillar


  4. Raqobatli ustunlik tushunchasi
  5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari


  6. Raqobat konsepsiyasi
  7. Raqobatli strategiyalar va ularning mazmuni




Raqobat – erkin tadbirkorlikning ajralmas bir boʻlagidir.
Raqobat soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.
Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha sub'ektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi.
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xoʻjaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) oʻrtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Raqobat bozor sub'ektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashishidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflikka ega boʻlish uchun kurashishni anglatadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish natijasida nafaqat ichki ozorda, balki tashqi bozorlarda harakat qilish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisidagi” Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 5 dekabrda ma'qullangan boʻlib 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta'riflangan. Raqobat – xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta'sir koʻrsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Mamlakatimizda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun ayni shu jihatdan muhim ahamiyatga molik hujjatdir. Qonunning asosiy maqsadi
tovar va moliya bozorlaridagi raqobatga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat10.
Qonunning mazmun-mohiyati shu bilan izohlanadiki, unda tovar va moliya bozorlaridagi xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatni cheklashga hamda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining gʻayriqonuniy harakatlariga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan raqobatga doir davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ belgilangan. Qonunda raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlashning huquqiy normalari belgilangan boʻlib, bunda xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning ustun mavqeini suiste'mol qilish, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va bitimlarini tuzish, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari (harakatlari) hamda insofsiz raqobat taqiqlangan.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling