Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Bozor segmentasiyasi turlari


Download 2.86 Mb.
bet51/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Bozor segmentasiyasi turlari


Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri boʻlib, xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor segmentining koʻpligini ajratishga imkon beradi.


Bozorni segmentlarga boʻlishni oʻtkazish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari toʻgʻrisidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi.
Quyida bozorni segmentlash turlari oʻz ifodasini topgan.

7.1-rasm. Bozor segmentasiyasi turlari9


Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar boʻyicha ularning sanoatlashuviga qarab boʻlishni koʻzda tutadi.
Mikrosegmentlash esa, bir mamlakat iste'molchilarini yanada batafsilroq mezonlar boʻyicha guruhlarga boʻladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste'molchi guruhlari bilan boshlab, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste'molchilari klassifikasiyasiga bogʻliqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Chuqurda segmentlash tor iste'molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qoʻllanish sohasidan bogʻliqligiga qarab kengaytirishni nazarda tutadi.
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini oʻrganishga moʻljallangan marketing tadqiqotining boshlangʻich bosqichidir.
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning oʻz imkoniyatlarini tartibga solib oʻtkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir. U iste'molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi
9 Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing. Bozorshunoslik. Darslik. –T.: Iqtisod-Moliya, 2010. -424 b.
segmentga tovarlarni pozisiyalashtirish maqsadida bozorni optimal segmentini qidirish bilan bogʻliq.
Iste'molchilar turiga koʻra, iste'mol talabdagi tovarlari iste'molchilarni segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste'molchilari boʻyicha farq qiladi.
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor darchasi deb ataladi. Bozor darchasi xech ham mahsulot tanqisligini bildirmaydi.
Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu firma tovarlari va ularni etkazib berish imkoniyatlari eng qulay va munosibdir.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling