Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoni
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
5.4- rasm. Marketing majmui dasturi jarayoniFirma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yoʻnalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki boʻgʻin uchun boʻlishi mumkin. Agar dastur yuqori boʻgʻin uchun boʻlsa, u qisqa va loʻnda tuzilgan boʻlishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib koʻrsatiladi pastki boʻgʻin uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, oʻrta va uzoq muddatli turlarga boʻlinadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya'ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga boʻlinadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalarni savollarini echishga yoʻnaltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni oʻzlashtirish, firma siyosatini ragʻbatlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Ob'ektga bogʻligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar boʻyicha va ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha boʻlishi mumkin. Ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilgan boʻladi: tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash; innovasiya boʻyicha qarorni asoslash; chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish boʻyicha qaror qabul qilish; tovar ishlab chiqarishning tuzilishida har bir mahsulot ulushini oʻrnatish; ishlab chiqarishni ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularning tuzilishini hisoblash; moliyalashtirish manbalarini topish; ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta'minlash; ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish. Ishlab chiqarish boʻlimi boʻyicha marketing dasturi firmaning toʻliq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish boʻyicha marketing dasturi ishlab chiqarish boʻlimining xoʻjalik faoliyatini jami koʻrsatkichlari toʻplamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. Mahsulot boʻyicha marketing quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirilgan boʻladi: mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish; mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini koʻp variantli hisob-kitobini oʻtkazish; yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash; chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; iste'molchilarni maqsadli bozorda koʻzlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar boʻyicha sifat koʻrsatkichlarini oʻrnatish; har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlar, narx va foydani solishtirish); maqsadli bozorda raqiblarning mavjud oʻxshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar boʻyicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling