Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Marketingda taktik rejalashtirishning roli va oʻrni
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi
Marketingda taktik rejalashtirishning roli va oʻrniKorxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi boʻlib, unga qoʻyilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik rejalashtirishda oʻrta muddatli strategik chora- tadbirlar amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni boʻlib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi boʻyicha ta'minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta'minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 5.2- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishiTaktik rejalarda oʻtgan yildagi koʻrsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar aylanmasi koʻrsatkichidan oʻsish, ustunlikka ega boʻlish moʻljallansa, bu oʻsishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni ragʻbatlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste'molchilarning zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yoʻllari koʻrsatib beriladi. Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta'siri oldini olish choralarini izlashi kerak. Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar oʻrtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish hajmi oshayotgan boʻlsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar aylanmasi oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga boʻlishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi oʻzgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha. Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning oʻzgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yoʻqotmaslikka yoʻnaltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tatbiq etish yoʻllarini belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki maxsus toʻlatiladigan soʻrovnomalar yordamida toʻplanadi. Bozor talabi asosidagi joriy koʻrsatkichlar moʻljallangan reja koʻrsatkichlaridan keskin farq qila boshlasa, moʻljallangan rejaga tuzatishlar kiritiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling