Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub'ektlari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub'ektlariMarketing vositachilariga – korxonaning soʻnggi iste'molchilariga tovarlarni siljitish, sotish va taqsimlash boʻyicha yordam beradigan korxonalar kiradi. Ularga resellerlar, logistik firmalar, marketing agentliklari va moliyaviy vositachilari kiradi. Resellerlarga – ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi korxonalar hamda alohida shaxslar, ya'ni tovarlarning taqsimot kanallari ishtirokchilari kiradi. Logistik firmalarga – ombor va transport xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda tovarlarni ishlab chiqarish joyidan sotish joyiga etkazishni ta'minlovchi tashkilotlar kiradi. Marketing agentliklariga – korxonaning tovar va xizmatlarini maqsadli bozorlarda siljitishga yordam beradigan marketing tadqiqotlari korxonalari, reklama agentliklari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar kiradi. Moliya vositachilariga – banklar, kredit va sugʻurta tashkilotlari kiradi. Korxonalar oʻzlarining xaridorlarini diqqat bilan oʻrganishlari lozim. Quyidagi 2-rasmda bozorlarning oltita turi keltirilgan. Aloqa(kontakt) auditoriyalariga – korxona faoliyatiga qiziqish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish boʻyicha imkoniyatlariga ta'sir oʻtkazuvchi har qanday insonlar guruhidir (3-rasm). rasm. Aloqa(kontakt) auditoriyalari turlariMakromuhit – bu korxonaning makromuhitiga ta'sir oʻtkazuvchi kuchli omillardir. Ularga demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnik, siyosiy va madaniy omillar kiradi. rasm. Korxonaning asosiy makromuhit omillariKorxonaning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga imkoniyatlar yaratuvchi va unga xavf – xatarlar etkazuvchi makromuhit omillar ta'sir qiladi. Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy koʻrinishi boʻlib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun boʻysunish va javobgarlikni belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yoʻnalishda amalga oshirilishi mumkin: Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta'minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. Tovarlar tamoyili boʻyicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qoʻshiladi. Bozor tamoyili boʻyicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qoʻshimcha, ya'ni hudud bozorlari va iste'molchilar turi boʻyicha boshqaruvchilar qoʻshiladi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, boʻlinmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud: tovarlar boʻyicha maxsus boʻlimlarning yoʻqligi; bozorning hududiy segmentlari boʻyicha maxsus boʻlimlarning yoʻqligi; bozor talablarining oʻzgarishi va iste'molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi; marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi. Tovar tamoyili boʻyicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari boʻyicha boʻlimlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar boʻlimlari boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi boʻlgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta boʻlgan firmalarga toʻgʻri keladi. Tovar tamoyili boʻyicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining oʻziga xos tomonlarini doim ham e'tiborga olmaydi. Tovarlar boʻyicha guruhlar ishchilari oʻz majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo boʻlishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi. Bozor tamoyili boʻyicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar oʻz tovarini xarakteri jihatidan turlicha boʻlgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega boʻlgan hollardagina bozor tamoyiliga koʻra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati boʻlimlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling