Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet27/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Marketing tadqiqotlari tizimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday?

  3. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi?

  4. Amaliyotda axborot toʻplashni qanday uslublari qoʻllaniladi?

  5. Axborot toʻplashni imitasiya uslubi deganda nimani tushunasiz?

  6. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi?

  7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan foydalaniladi?

  8. Axborot manbalari nimalardan iborat?

  9. Marketing tadqiqotlarining qanday uslublarini bilasiz?

  10. Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz?

4-MAVZU. MARKETING TIZIMI VA SOHASI


Reja:
  1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari


  2. Marketingni asosiy turlari
  3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning oʻzaro bogʻliqligi.


  4. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish

Marketing tizimi - bu qoʻyilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib oʻzida toʻrtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi.


Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovasion darajasi, oʻlchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni toʻxtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub'ektlar yigʻindisidan iboratdir. Marketing tizimi oʻz tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:

  • ta'minotchilar;

  • raqobatchilar;

  • vositachilar;

  • iste'molchilar (bozor);

  • firma (kompaniya).

Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq oʻrab turgan muhit ta'sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta'minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yigʻindisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta'minlaydi.
Raqobatchilar – hohishi boʻyicha, safdosh tovar boʻyicha, tovar turi boʻyicha, tovar markasi boʻyicha turkumlanadi.
Marketing boʻyicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga etkazish, sotish, aloqa oʻrnatish boʻyicha yordam koʻrsatuvchilardir.
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga boʻlinadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shugʻullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sugʻurta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi.
Iste'molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi boʻlib, ular bozorda mavjud boʻlgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
Iste'molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste'molchini xulq- atvorini oʻrganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga boʻlgan munosabatini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga oʻzaro ta'sir oʻtkazib, dialektik bogʻliqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab boʻladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta'minlovchi barcha omillarning oʻzaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida gʻoyat serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha:

  • ishlab chiqarish vositalari marketingi;

  • iste'mol tovarlari marketingi,

  • xizmat koʻrsatish marketingi singari turlarini koʻrsatish mumkin.

Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qat'iy uygʻunlik eng birinchi oʻrinda turadi.
Iste'mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega boʻlgan iste'molchilarning keng doiralari bilan bogʻliq.
Bu sohada iste'molchi fe'l - atvorining tub mohiyatini oʻrganishga katta e'tibor beriladi. Xususan, iste'molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste'mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, doʻkonlarda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyillari iste'mol tovarlari marketingi samarasi.






Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling