Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing nazorati va uning turlari


Download 2.86 Mb.
bet35/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing nazorati va uning turlari


Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • maqsadga erishish darajasini belgilash,

  • yaxshilanish imkoniyatini aniqlash,

  • korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit oʻzgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar.

Marketing nazoratining uch turi mavjud:

      1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish;

      2. Foydalilikni nazorat qilish;

      3. Strategik nazorat .

Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad moʻljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish oʻrtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.
Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi.
Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topaetganligini va qaysi oʻrinlarda uni yoʻqotayotganligini aniqlashdan iborat.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan koʻrsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma oʻzidagi marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yoʻqmi shu holat nazorat qilinadi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi oʻz ichiga makro va mikro marketing muhitini, marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx, reklama siyosatini oladi.
Marketing taktikasi marketing strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadda firma mahsulotiga boʻlgan iste'molchilar talabini shakllantirish va qondirish tamoyillarini hamda kon'yunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi ma'lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi boʻyicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan
bogʻliqdir. U kon'yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasini vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bogʻliqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta'minlashda marketingni amalga oshirishni yoʻllari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja chora- tadbirlarini aniqlash yoʻli bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir- biridan muddati boʻyicha farq qiladi va uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli boʻladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi uslublarini kiritish mumkin.
Oʻrta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt boʻyicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qoʻllaniladi.
Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi 5.3 - rasmda berilgan.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling