Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing dasturi haqida tushuncha
5.3-rasm. Marketing nazoratining asosiy vazifalari
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni oʻz ichiga oladi: Nazorat qilishga moʻljallangan reja koʻrsatkichlarini asoslash; Faoliyatning haqiqiy koʻrsatkichlari natijalarini oʻlchash; 3.Faoliyatni reja va haqiqiy koʻrsatkichlari natijalarini solishtirish 4.Reja koʻrsatkichlaridan haqiqiy koʻrsatkich farqi tahlili 5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash. 1974 yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta'sir etishini koʻrsatib oʻtgan, ya'ni tashqi va ichki muhitni omillarini oʻzgarish imkoniyatiga koʻra – marketingni nazorat qilishni ochiq va yopik tizimlaridir. Yopik nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vaqilini toʻgʻri aralashuvsiz reja va haqiqiy koʻrsatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka qilish amalga oshiriladi. Ochiq nazorat tizimida esa aniq koʻrsatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menejment guruhini vaqilini faol qatnashishi koʻzda tutiladi. Marketing dasturi haqida tushunchaMarketing dasturi (biznes reja) tor ma'noda korxonaning bozorda aniq faoliyat koʻrsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi keng ma'noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yoʻnaltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), oʻrta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan koʻproq) boʻladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga moʻljallangan boʻlishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxoʻjalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish boʻgʻini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonani oʻtgan davrdagi faoliyat natijalari boʻlib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yoʻli, tovar, narx, sotish va ragʻbatlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish boʻyicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani oʻz imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega boʻlsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida koʻriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv boʻgʻini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing dasturini strategik yoʻnalishi bozordagi mavqesidan va korxonani oʻz holatini bogʻligiga qarab oʻz ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikasiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentasiyalash, hujum va himoya strategiyalari boʻlishi mumkin. Marketing dasturini ishlab chiqarishda koʻp variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya'ni minimal, optimal va maksimal turlari boʻladi. Dasturni minimal varianti, dasturni ogʻir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni koʻzda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy va ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni oʻrtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan. Quyidagi 5.4 – rasmda marketing majmui dasturi jarayoni keltirilmoqda. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling