Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-jadval Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlarini turkumlash belgilari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
3.1-jadval Marketing tadqiqotlarining yoʻnalishlarini turkumlash belgilari
Shu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish holati, raqobat jadalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish maqsadlari va vazifalar inobatga olinishi zaruriy ahamiyat kasb etadi. Marketing tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilashda tegishli firmaning bozorda faoliyat yuritish oʻrni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini amalga oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari oʻrtasida tafovut – farqlanish mavjudligiga etarlicha e'tibor berilmaydi. Buning oqibatida keyingi bosqichlarda sezilarli xatolarga yoʻl quyiladi. Shu sababdan toʻgʻri va aniq belgilangan muammo, tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi. Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri boʻlib bu – tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur boʻlgan ma'lumotlar va axborotlarni toʻplash manbalari, uslublari, qurollari, tanlov oʻtkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma'lumotlar va manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta ishlash mumkin. Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, soʻrov, guruhli bahs eng qoʻp qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli bosqichlarida samarali axborot toʻplash, uni qayta ishlash, texnik vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling