Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi
Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va toʻplangan koʻrsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yigʻindisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy koʻrsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Koʻpgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablagʻ sarflanadi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi: Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar oʻtkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi oʻzgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) Tashkilot mas'uliyati boʻyicha izlanishlar. Bozor tahlili. Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi oʻzgarishlari tahlili, sinov marketingi oʻtkazish, sotishni ragʻbatlantirish tadbirlarini oʻrganish boʻyicha va h.k.) 3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishlash jarayonida mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ularning koʻlami juda keng boʻlib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilishi darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab koʻp yoki kam qoʻllanilishi mumkin. Hozirgi paytda, koʻplab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega boʻlib bormokda. Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy jihatlarga (dolzarb, haqqoniy va toʻliq) ega boʻlgan, axborotlarga asoslangan boʻlishi kerak. Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga boʻlgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot koʻlami va miqdorning nihoyat koʻpligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yoʻl qoʻyiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling