Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Marketingda axborotni oʻrni. Axborot tizimi
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli
Marketingda axborotni oʻrni. Axborot tizimiZamonaviy tadbirkorlik davri oʻzining bir qancha xususiyatlariga koʻra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon boʻlayotganligidan koʻrinmoqda. Marketing faoliyatiga xos boʻlgan barcha axborotlar, ma'lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta'minlash zarur boʻladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon boʻladi va rivojlanib boradi. Quyidagi rasmda marketingda axborotni roli berilgan. 3.3-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roliMarketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va toʻgʻri axborotni toʻplash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam koʻrsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi oʻzaro mushtarak bogʻlangan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma'lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma'lumotlar toʻplamlari; sud qarorlari; korxona ma'lumotlari; e'lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lugʻatlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar. Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste'molchilar munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi; faoliyatni baholaydi; reklamaga boʻlgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi Axborotni toʻplash va undan foydalanish jihatlariga koʻra axborot tizimini toʻrtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga boʻlgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida alohida toʻxtalib oʻtamiz. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling