Tovarni bozorni pozisiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir. Pozisiyalashtirishning maqsadi – mavjud va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot parametrlariga boʻlgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli ustunligini ta'minlashda shunday tovar pozisiyasini marketing chora- tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan tuzishdan iborat.
Mahsulotni samarali pozisiyalashtirish uchun talab va taklifni muhim tavsifnomalarini, xarid toʻgʻrisida qaror qabul qilishda moʻljal boʻlib hisoblanuvchi omillar ta'sirini oʻrnatish va oʻrganish zarur. Aniqlovchi omillar esa, mahsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni va tovarni raqobatbardoshligini boshqa koʻrsatkichlari boʻlishi mumkin.
Tovarni bozorda pozisiyalashtirishni toʻgʻri tashkil etilishi marketing rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti boʻlib hisoblanadi.
Pozisiyalashtirish differensiasiya strategiyasini amalga oshirish vositasi boʻlib hisoblanadi. D.Traut va E.Raislar tomonidan 1979 yilda pozisiyalashtirish konsepsiyasi taklif etilgan. Aniq pozisiyalashtirish uchun firma pozisiyalashtirish belgisini oʻrnatish kerak.
Pozisiyalashtirish belgisi – xarid motivasiyasi manbasi yoki asosiy tovarning iste'molchi nuqtai nazaridan foydaliligidir.
7.3-rasm. Tovarni pozisiyalashtirishning asosiy belgilari
Raqobatchiga nisbatan tovar pozisiyalashtirish belgisi ikkita usuldan biri boʻlishi mumkin:
raqobatchiga oʻxshash – bu holatda firma bozordagi raqobatchini siqib chiqarish vazifasini hal qiladi.
Noyob.
Birinchi strategiyada quyidagi uch xil sharoitdan bittasini qoʻllab – quvvatlash maqsadga muvofiq:
Firma raqobatchi tovaridan ustun tovarlarni yaratish mumkin;
Bozor bir necha raqobatchilarni yigʻdirish holatidadir;
Firma pozisiyalashtirayotgan tovar boʻyicha resurs va imijga ega boʻladi. Ikkinchi strategiya esa:
-firma noyob tovarlarni ishlab chiqarish uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega boʻladi;
-noyob tovarning potensial iste'molchilarining etarli soni mavjud boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |