Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet62/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Raqobat konsepsiyasi


Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina oʻzi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potensial raqiblar, oʻrinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta'siriga ham bogʻliqdir. Potensial raqiblar va oʻrinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uygʻosa, mijozlar va etkazib beruvchilar esa oʻzlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu kuchlarning oʻzaro ta'siri oxir-oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha boʻlishi mumkin (8.9-rasm).




8.9-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi

Raqobatning besh kuchi quyidagilar:



  • Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni

bozorda paydo boʻlishi imkoniyati;

  • Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta'minotchilaning ta'sir etish imkoniti;

  • Xaridorlarning bozorda hukmronligi (rinochnaya vlast);

  • Ma'lum tovar oʻrinbosarlarining bozorda paydo boʻlish imkoniyati;

  • Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar oʻrtasidagi raqobat.

Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan toʻsiqlar mavjud boʻladi.Tarmoqqa kirishdagi toʻsiqlar turli sabablarga koʻra tugʻilishi mumkin va turli xarakterga egadir.
Tarmoqqa raqobatchilarni kirishini cheklash, toʻsiqlarni tugʻdirish, yaratish uchun 6 ta shart-sharoit koʻrsatiladi:

  • Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni yaratadi,qachonki bozorda yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta'sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma uchun uncha qat'iy boʻlmagan sharoitdir.

  • Maxsulot differensiasiyasi

  • Nisbatan yuqori xarajatlar

  • Kapitalga ehtiyoj

  • Taqsimot kanallari.

Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta emas.Bu shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori toʻsiqlar bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan raqobatdan qoʻrqmaydi.
Ikkinchi kuch ta'minotchilarni bozor kuchi.
U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini va sifatini oʻzgarishi imkoniyati bilan ifodalanadi.
Ta'minotchilar imkoniyatini raqobatga ta'sirini ta'minlaydigan bir qator omillar ajratiladi:

  • Agar tarmoqda uncha koʻp sonli boʻlmagan kompaniyalar boʻlsa va ular cheklangan sonli xom-ashyo ta'minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga ta'siri aniq boʻladi;

  • Agar maxsulot nodir boʻlsa, ta'minotchi tarmoqdagi raqobatga ta'sir koʻrsatadi;

  • Ta'minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta'sir etishi mumkin;

  • Ta'minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi mumkin;

  • Ta'minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi.

Bu juda xavfli holat ,ta'minotchi oʻz narxini qoʻyib,xaridor qiziqishlarini hisobga olmay,istimolchilar tamonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlamaydi.
Uchinchi kuch, xaridorlar kompaniya faoliyatida muhim hisoblanadi. Xaridorlar tarmoqqa 7 ta asosiy holatda ta'sir koʻrsatadi:

  • Tarmoq maxsuloti xaridorlari uncha katta boʻlmagan sonda, lekin ular

katta miqiyosdagi xaridna amalga oshiradi;

  • Agar tarmoqda ishlab chiqarilayotgan maxsulot standart yoki differensiallanmagan boʻlsa, xaridorlar raqobatga ta'sir etish imkoniyatiga ega boʻladi;

  • Agar xaridorlar maxsulotni oʻzi ishlab chiqarish faoliyati uchun xarid qilayotgan boʻlsa, bu maxsulot xarajatda oxirgi oʻrinni egallamaydi, xaridorlar oʻz xarajatlarini qisqartirishga harakat qiladi va ta'minotchini boshqa tovar olayotganga nisbatan aniq tanlaydi;

  • Tarmoqda ishlab chiqriluvchi maxsulot xaridorlari oʻz faoliyati davomida uncha katta foyda olmaydi. Bu xarajatlarni kamaytirilishini talab etadi;

  • Xaridorlar tarmoqdagi raqobatga ta'sir etish qobiliyatiga egadir;

  • Tarmoqda maxsulot tezda sotib olinadi;

  • Oʻz ishlab chiqarishini yaratish imkoniyati tugʻiladi, ta'minotchi bilan xaridor oʻrtasida shartnoma tuziladi.


Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling