Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari


Download 2.86 Mb.
bet60/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari


Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir.
Raqobatbardoshlik koʻp darajali shakllarga ega:

    • tovarning raqobatbardoshligi;

    • xodimning raqobatbardoshligi;

    • tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi;

    • tarmoqning raqobatbardoshligi;

    • mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).

Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari oʻrtasida jips ichki va tashqi oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bogʻliq.
Raqobatbardoshlikning mazmuni va mikro va makro darajadagi shakllari keltirilgan.
Makrodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori
talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish qobiliyati sifatida ta'riflash mumkin.
Mamlakatning raqobatbardoshlik koʻrsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy koʻrsatkich hisoblanadi.


i


Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda firmaning raqobatbardoshligini baholash koʻzda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni boʻlib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining yagona ta'rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining koʻp boʻlishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlangʻich pozisiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning koʻrib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh boʻlmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.


Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga koʻra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.
Oʻzi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizasiya
qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investisiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlar 8.6 - rasmda keltirilgan.
Ularni 3 ta turga ajratish mumkin:

      • funksional xususiyati;

      • firmalararo ta'siri;

      • shakli boʻyicha mahsulotlarni solishtirish mumkin.

Mahsulot boʻyicha raqobatning ikkita usuli mavjud boʻlib, ularga narxli va narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning elastikligi kabi koʻrsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat, savdodan keyingi xizmat, etkzib berish shartlari, iste'mol xarajatlari kiradi.
Tovarning sifati uning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy koʻrsatkichlardandir. Tovarning sifati oʻz ichiga koʻplab elementlarni oladi. Bular birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular oʻz navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sigʻimi kabi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik tozaligi, xususiyatlari, estetik koʻrsatkichlari koʻproq ahamiyat kasb etmoqda. Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi nazarda tutiladi. Tovar siyosatini aniqlash mezoni, hamda uning raqobatbardoshligini ta'minlovchi mezoni, bu uning patent bilan himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab chiqarmoqchi boʻlsa, lisenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini ifodalovchi umumiy koʻrsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilgʻor tajriba natijalariga javob beruvchi va alohida xususiyatlari.
Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini koʻpaytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning boʻlimlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika yutuqlarini tobora kengroq, qoʻllashning asosidir.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlar 8.8-rasmda keltirilgan.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling