Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Raqobatli ustunlik tushunchasi
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlar
Raqobatli ustunlik tushunchasiRaqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga oʻzining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma'lum bir ustunlik beradigan xarakteristikasi va xususiyatlaridir. Bu xarakteristikalar (atributlar) gʻoyatda xilma-xil boʻlishi va tovarning oʻziga (asosiy xizmatga) ham, asosiy xizmatga qoʻshimcha xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli boʻlishi, hamda firma yoki tovarga xos boʻlishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy boʻladi va tovar bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega boʻlgan raqobatchiga nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi. Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan boʻlsa, u “tashqi” ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli boʻladi. Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning “bozor qudratini” oshiradi, ya'ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlarni taklif eta olmaydi. Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan strategiya differensiasiya strategiyasi boʻlib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi boʻlgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi. 8.6-rasm. Raqobat ustunligini tanlashni belgilab beruvchi holatlarAgar raqobatli ustunlik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan koʻra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va “ishlab chiqaruvchi uchun qiymat” hosil qiluvchi tovarga asoslangan boʻlsa, bunday ustunlik “ichki ustunlik” deb ataladi. Ichki raqobatli ustunlik - firmaga koʻproq rentabellik keltiruvchi va uni sotuv narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga koʻproq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq “unumdorlik” oqibatidir. Ichki raqobatli ustunlikka asoslangan strategiya xarajatlar boʻyicha ustunlik strategiyasi boʻlib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish “nou-xau”siga asoslanadi. Raqobatli ustunlikning kelib chiqishi va tabiati turlicha boʻlgan bu ikki turi koʻpincha bir-biriga toʻgʻri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi koʻnikma va madaniyatni talab qiladi. Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi; kichik biznesning davlat tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanishi; mamlakat iqtisodiyoti faoliyat koʻrsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi; jamiyat va bozorlarning ochiqligi; mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi; standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uygʻunlashuvi; fan va innovasiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qoʻllab-quvvatlanishi; mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta'minlashning yuqori sifati; mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integrasiyalashuvning yuqori darajasi; mamlakatda past soliq stavkalari; qulay va arzon resurslarning mavjudligi; mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar. Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: tovarga boʻlgan yuqori zhtiyoj; jamlash, ixtisoslashuv va kooperasiyaning optimal darajasi; boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me'yoriy-uslubiy asosi; etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi; sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi; resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi; tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.); menejerlarning raqobatbardoshligi; tovarning eksklyuzivligi; koʻp ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi; raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmogʻi va boshqalar. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling