Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 2.86 Mb.
bet65/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Raqobat deganda nimani tushunasiz?

  2. Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushuntirib bering?

  3. Raqobatning qanday turlari mavjud va ularning mazmunini izohlang?

  4. Qanday raqobat strategiyalari mavjud?

  5. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasini izohlang?

  6. Tovarlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlar nimalardan iborat?

  7. Mahsulot raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlar nimalardan iborat?
  1. MAVZU. TOVAR SIYoSATI


REJA:
  1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir


  2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash
  3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari


  4. Yangi tovar ishlab chiqish
  5. Savdo markalarini boshqarish


Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e'tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste'mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob'ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va gʻoyalar boʻlishi mumkin.


Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari boʻlib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish(foydalanish) davrida koʻrsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e'tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSh marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.
Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda boʻlib, shu tufayli iste'molchi tovarni sotib oladi.
Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar toʻplami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, oʻrash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yigʻindisidir.
Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste'molchiga qoʻshimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya'ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qoʻshib toʻliq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.
Tovarning uch darajali klassik modeli 9.1-rasmda keltirilmoqda.
Tovar assortimenti – bu ishlatilish tamoyillari boʻyicha bir – biriga oʻxshash, maqsadli auditoriyalari, siljitish uslublari hamda narx diapazoniga tegishli oʻxshash tovarlar yoki xizmatlar guruhidir.
Tovar nomenklaturasi – bu korxonaning barcha tovar assortimentlari va jihozlari yigʻindisidir.
Tovar siyosati – bu korxona(firma) bozorga taklif etayotgan mahsuloti boʻyicha echimlar kompleksidir.
Firmaning tovar siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishi boʻyicha shart – sharoitlar quyidagilardan iborat:
-oʻz imkoniyatlarini aniq belgilab olish (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslar boʻyicha);
-bozorni, uni kelajagi va talablarini yaxshi bilish;
-uzoq muddatli korporativ strategiyasiga ega boʻlish;
-kelajakdagi ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish va sotuv maqsadlarini aniq bilish.
Tovar siyosati maqsadi – bu bozorga aniq va ma'lum bir ehtiyojlarni qondiradigan tovarlarni taklif etishdir.
Tovar siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tovarni hayotiy davrini boshqarish;

  • tovarni raqobatbardoshligini boshqarish;

  • tovar assortimenti va nomenklaturasini boshqarish.


Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling