Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Savdo markasini brendga aylantirish


Download 2.86 Mb.
bet73/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

9.4-rasm. Savdo markasini brendga aylantirish


Brending turli xildagi tovarlar va xizmatlar uchun qoʻllanishi mumkin. Asosiy tavsifnomalari xilma-xillik va ochiqlik boʻlgan iste'mol tovarlari va xizmatlari uchun brending eng avvalo bozorni segmentlash hamda tovar va xizmatlarni differensiasiya qilish mexanizmi sifatida ishtirok etadi. Murakkablik, oʻzgarish darajasining tezligi, xaridorning tovarni mustaqil ravishda tartibga solishga qodir boʻlmagan yuqori texnologiyali tovarlar uchun brending noaniqlik va risk darajasining yuqoriligi tufayli ahamiyatga ega. Ayniqsa, xaridning emosional tarkibiy qismi va noaniqliklar, ijobiy tajriba, ishonch, obroʻ-e'tibor va fikr-mulohazalar shakllantirish zarurati tufayli xizmatlar brendingga ehtiyoj sezadi.




Nazorat va mulohaza uchun savollar.


  1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta'riflanadi?

  2. Tovarlar klassifikasiyasini aytib bering.

  3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?

  4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering.

  5. Tovar modifikasiyasi deganda nimani tushunasiz?

  6. Mahsulot differensiasiyasi nima?

  7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering?

  8. Tovar variasiyasi deganda nimani tushunasiz?

  9. Savdo markalariga bogʻliq boʻlgan asosiy qarorlar nimalardan iborat?

  10. Savdo markasining tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyatini izohlang?

10-MAVZU. NARX SIYoSATI


REJA:


      1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari


      2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
      3. hisoblash uslublari


      4. Tovarlarning “hayotiy davrlari” mobaynida narxlarning oʻzgaruvchanligi

Narx bozor kategoriyasi boʻlib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi koʻrinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini koʻrsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yoʻlikkan boʻladi, tovar nafsiz boʻlib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qoʻyiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari koʻrsatib beradi. Narx nimaga tegishli boʻlishidan qat'iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. bozor muvozanatini ta'minlash funksiyasi;

  2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi;

  3. iqtisodiy regulyator funksiyasi;

  4. raqobat vositasi funksiyasi;

  5. ijtimoiy himoya funksiyasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, oʻzgaruvchan narx, limit narx, muvozanat narx.
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – tadbirlari yigʻindisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon'yunkturasini, shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.
Narx strategiyasi – narxni belgilash va oʻzgarishi boʻyicha chora – tadbirlaridir.
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va bir marotabalik chora – tadbirlarni oʻzida mujassamlashtiradi.
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;

  • joriy foydani maksimallashtirish;

  • bozor ulushi boʻyicha liderlik;

  • tovar sifati boʻyicha liderlik.

Narxlar tovarni yangilik koʻra quyidagicha klassifikasiyalanadi:

    1. “Qaymogʻini olish” strategiyasi

    2. Bozorga yorib kirish

    3. “Psixologik” narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)

    4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan narx oʻrnatiladi.

    5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari

    6. Tebranib turuvchi narx

    7. Uzoq muddatli narx

    8. Egiluvchan narx

    9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qoʻyadigan narx.

    10. Kelishilgan narx

    11. Tashqi savdo oborotini ta'minlovchi narx. Oxirgi narxga quyidagi omillar ta'sir etadi:

  1. Tovar iste'molchilari

  2. Davlat tomonidan tartibga solish

  3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari

  4. Raqobat.




Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling