9.3-rasm. Savdo markalariga bogʻliq boʻlgan asosiy qarorlar
Brendning rasmiy ta'rifi yoʻq, lekin bu mohiyatan ommalashtirilgan, jamiyatda qabul qilingan marka obrazi yoki qandaydir his qilinmaydigan qiymatdir.
Brending bu:
markani ommalashtirish jarayoni boʻlib, uning davomida firma belgisi iste'molchi tomonidan eslab qolinadi;
xaridor ongida raqobatchilarning tovar va xizmatlaridan ajratib turadigan farqlarni belgilash uchun tovarlar va xizmatlarning barqaror jalb etuvchan markalari yaratish;
iste'molchi bilan uzoq muddatli ijobiy oʻzaro munosabatlar oʻrnatish maqsadida savdo markasi, tova va firmani kompleksli boshqarish jarayoni;
alohida tovar markalarini mustaqil marketing ob'ektlari sifatida ajratish va bu ob'ektlar bilan bogʻliq esda qoladigan obrazlar yordamida ularni maqsadli bozorlar tomon ilgari surish.
Brend - iqtisodiy ma'noda tovar belgisidan koʻra kengroq tushunchadir. Brend ham moddiy, ham nomoddiy toifalar yigʻindisini aks ettiradi. Bu toifalar yigʻindisi iste'molchida tovar, xizmat, firma haqida ijobiy taassurot shakllantiradi va tovarni boshqa tovarlar qatorida ajratgan holda uni xarid qilish istagini yuzaga keltiradi. Shunday qilib, brend bu:
ma'lum boʻlgan elementlardan iborat boʻlgan belgi, markadan vaqt boʻyicha xaridorlar aniq idrok qiladigan, tovarning oʻzi bilan umumiy boʻlgan emosional va funksional elementlargacha rivojlanadigan mohiyat;
tovar, xizmat va ularning tavsifnomalarini, savdo markasi va uning iste'molchilar ongidagi obrazini, shuningdek, oʻz tovari, xizmati, savdo markasi, iste'molchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) konsepsiyasini bir qilib bogʻlaydigan tizim.
Savdo markasini brendga aylantirish jarayoni eng umumiy koʻrinishda 9.4-rasmda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |