Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet70/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

«Tovar-bozor» matrisasi


Tovarlar

Bozorlar

Joriy

Yangi

Joriy

Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi

  • Sotishni jadallashtirish

  • Yangi xaridorlarni qidirish

  • Raqobatchilarni sindirish

  • Tovarni iste'mol sohasini kengayishi

Bozorni rivojlantirish strategiyasi

Yangi

Tovarni rivojlantirish

  • Uz kuchi bilan yangi tovar ishlab chiqarish

  • Bitimlarni rivojlantirish

  • Lisenziya

  • Maxorat bilan ayirboshlash

Diversifikasiya

  • Gorizontal

  • Vertikal

  • Konsentrik

Jadvaldan koʻrinib turibdiki, firmaning ustunligini oʻsish manbalarini oʻzashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari boʻlishi mumkin:



  1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;

  2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi.

  3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi;

  4. Diversifikasiya.

Diversifikasiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va konsentrik.
Gorizontal diversifikasiya deganda ilgarigi tovarlarga oʻxshash ishlab chiqarish, texnik, ta'minot va sotish sharoitlariga yaqin boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifikasiya esa, ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yoʻnalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini oʻstirishni anglatadi. Masalan, goʻsht mahsulotlarini sotuvchi maxsus doʻkon tovar etishtirishni va seleksiya boʻyicha ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlaydi.
Konsentrik diversifikasiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni koʻzda tutadi.
Diversifikasiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.
Tovar diversifikasiyasining maqsadi boʻlib iste'molchilarni tovarni ustun koʻrishi, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini oʻsishi hisoblanadi.
Tovar diversifikasiyasi quyidagi omillar boʻyicha amalga oshiriladi:

Tovar diversifikasiyasi firmaning tovar siyosatida muhim oʻrin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda qoʻshimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda qoʻllaniladi. Diversifikasiya firma faoliyatida barqaror oʻsishini ta'minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qoʻllash innovasiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovasiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovasiyasi jarayoni 6 bosqichni oʻz ichiga oladi:

  • yangi tovar haqida gʻoyani qidirish;

  • gʻoyani tanlash;

  • yangi tovar gʻoyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili;

  • tovarni ishlab chiqish;

  • bozor sharoitida uni tajribadan oʻtkazish;

  • tovarni bozorga qoʻllash.

Tovar innovasiyasi jarayoni yangi tovar haqida gʻoyani qidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar gʻoyani qidirishni asosi boʻlib tovar haqidagi ichki va tashqi gʻoyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi gʻoyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va iste'molchilar, raqobatchilar, yarmarka va koʻrgazmalar, tadqiqot institutlari, ta'minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki gʻoyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari boʻlimi, ishlab chiqarish boʻlimi, marketing boʻlimini barcha qismlari, xalqaro iktisoiy hamkorlik boʻlimi, tovarni tayyorlash boʻlimi kiradi.
Tovar innovasiyasi jarayoni bosqichlari oʻz mazmuniga koʻra yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qoʻllaniladi. Yangi tovar haqida gʻoyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar markasini ishlab chiqish texnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari ishlatiladi.



    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling