Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Narxni tashkil etish uslublari


Download 2.86 Mb.
bet74/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

10.1-rasm. Narxni tashkil etish uslublari


Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo oʻzgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz oʻzgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste'mol qobiliyatiga ega boʻlgan tovarlarga oʻrnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi oʻrni bogʻliqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini koʻpaytirish, qisqa vaqt ichida eng koʻp foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab


qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt boʻyicha narx darajasini aniq hisoblash ta'sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potensial miqdoriga bogʻliq boʻladi.
Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste'molchining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba'zi bir vazifalarni koʻrib oʻtamiz: avvalo narxlar ishlab chiqarish va iste'moldagi oʻzgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste'moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi oʻzgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni ragʻbatlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini koʻpaytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham ragʻbatlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bogʻliq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular oʻz shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'mollarini koʻplab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bogʻliq boʻladi.
Narxlarning toʻrtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xoʻjalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.


    1. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari


Narx bilan iste'molchilar oʻrtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumikn. Talab qonuni iste'molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda koʻproq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx- miqdor» aloqadorligiga toʻgʻri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar koʻproq tovar aylanmasi hajmini ta'minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga moʻljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, moʻyna va boshqalar.


Ikki narx segmenti yaqqol koʻzga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori bor. Koʻpincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar goʻyo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa, noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan mahsulotlar xaridida koʻp kuzatiladi.
Narx ravonligi iste'molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai nazaridan narx oʻzgarishlariga oʻta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch koʻrinishi, ya'ni ravon talab, noravon talab hamda yakka (unitar) talabga boʻlish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi oʻzgarishlarga oʻta sezuvchan boʻladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi oʻzgarishlarga etarli darajada sezgirlik koʻrsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar koʻp boʻlgan, ularning bir mahsulot oʻrnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda koʻzga tashlanadi. Koʻpgina qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday qilib, narxlardagi oʻzgarishlar talab va taklifga muvofiq koʻtarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini koʻrsatadi, ya'ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin boʻlmaydi. Ammo iste'molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat'iy narxda izlaydi. Marketologning vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish hisoblanadi. Koʻpgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish, tekshirish, oʻrinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni oʻrganish yoʻli bilan statistik tahlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab oʻzgarishini oʻlchashni oʻtkazishga intiladi.
Ma'lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining koʻpayishi yoki kamayishi bilan bogʻliq holda oʻzgarish-oʻzgarmasligiga qarab doimiy, shartli-doimiy, oʻzgaruvchan turlarga boʻlinadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab oʻzgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizasiyasi, mulk soligʻi (daromad soligʻi), qoʻshimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.
Oʻzgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq holda oʻzgarib boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. Shartli- doimiy xarajatlar boshqarish bilan bogʻliq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi.
Toʻliq xarajatlar jami doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisidan tashkil topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar ham hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi koʻpaygan (kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga toʻliq xarajatlarning koʻpayishi (kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi koʻrib chiqiladigan, zarar koʻrmasligini ta'minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, oʻzgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin boʻlgan paytlarda uni qoʻllash yaxshi natija beradi. Zarar koʻrmaslikni tahlil etishda asosiy e'tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, toʻliq daromad toʻliq xarajatlarga teng boʻlgan, ya'ni na foyda na zarar boʻlmagan nuqtaga qaratiladi.
Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, soʻngra har bir narx uchun zaruriy hajmlar kiyoslanadi.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr boʻlib xizmat qiladi. Asosan
narxni oʻzgartirish yoʻli bilan talabga ta'sir koʻrsatish raqobatning narx bilan bogʻliq usullarini yaratadi. Narx bilan bogʻliq boʻlmagan raqobat usullarida firmalar oʻz mahsulotining oʻziga xos hislatlariga zoʻr beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e'tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:

  1. Talab omillari (bozorda oʻxshash tovarlar mavjudligi va ularga boʻlgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yoʻnaltirilgan narx);

  2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).

  3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan oʻxshash import tovarlari,raqobatchilar tovarlariga boʻlgan narxni bilish.

Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:

  • narxlashtirish masalasi qoʻyiladi,

  • talabi aniqlanadi,

  • xarajatlari baholanadi,

  • raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,

  • narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,

  • oxirgi natijaviy narx oʻrnatiladi.

Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini oʻrganib, oʻz mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling