Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
11.3-rasm. Ulgurji savdogarlarning turlariUlgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi, maxsus ombor xoʻjaligiga va malakali xodimlarga ega boʻlgan firma mavqeida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saqlash va iste'molchilarga etkazib berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning topshirigʻi bilan ishlab chiqarishdan toʻgʻridan - toʻgʻri iste'molchi firmaga (tranzit usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Ularning faoliyat koʻrsatishlari uchun ob'ektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar koʻp korxonalarda tor assortimentli boʻladi. Chakana savdo uchun esa aholiga moʻl-koʻl, universal assortimentli tovarlar taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shugʻullanmaydi, ombor xoʻjaliklari ham yoʻq, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni boʻyinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy oʻrinni egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi tomondan, oʻz faoliyatlari uchun xaq oladilar. Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor boʻlib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega. Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning oʻzida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi boʻlmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish boʻyicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obroʻ - e'tibori, mavqei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shahobchalarining moddiy - texnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, rahbari - menejeri vositachini shaxsan oʻrganadi va uning shahobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha koʻproq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilardan huquqiy hamda xoʻjalik jihatlaridan mustaqil boʻlgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat korxonalarining shoʻ'ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi). Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari oʻrtasidagi farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashkil topadi. Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va koʻrsatadigan xizmat turlari gʻoyat koʻp. Ular quyidagilardan iborat: sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul toʻlanishini xaridor nomidan kafolatlash, reklama kompaniyalarini oʻtkazish va bozorni tadqiq qilish; transport - tashish ishlari, yukni sugʻurtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash; texnikaviy xizmat, sotishdan keyingi texnikaviy xizmat koʻrsatish; bozor toʻgʻrisidagi axborot toʻplash va uni taqdim etish. Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo monopoliyalari qoʻlida toʻplanishi vositachilik boʻgʻinida sifat oʻzgarishlariga olib keladi. Ularning oʻz moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, oʻz sugʻurta kompaniyalari, oʻz floti, ehtiyot qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmogʻi va chet ellarda filiallari mavjud. Xalqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki qismiga savdo vositachilari toʻgʻri keladi. AQSh, Angliya, Gollandiya, Yaponiya, Skandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari uchun muayyan afzalliklar yaratadi. Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim ustunligi shundaki, sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shugʻullanganda importyor mamlakat hududida savdo shahobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda oʻz moddiy - texnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta'mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega boʻladi. Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar harakati, tovarni sotish bilan bogʻliq juda koʻp tashvishlar (mahsulotni etkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport qilinganda mahallik esa bozorga moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi. Uchinchi bir afzallik - qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida bitishuvlarni moliyalash vositachi kapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sugʻurta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega. Nihoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga toʻla xokimlik qilib olgan hollarda ham uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga iste'molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi. Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar mazmuni va vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha turlarini ta'kidlab koʻrsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va brokerlik ishlari. Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan olib boradi. Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi boʻlib qoladi va uni har qanday bozorda xohlagan narxda oʻzi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi - sotdi boʻlgach, vositachi bilan ishlab chiqaruvchi oʻrtasidagi munosabatlar toʻxtatiladi. Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayyan hududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi. Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import, ulgurji, chakana firmalar, distribyuterlar, stokistlar shugʻullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan oʻz hisobiga amalga oshiradi. Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirigʻi bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo oʻz nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi. Komission ishlarining yana bir koʻrinishi - konsignasiya xarakteridir. Konsignator - eksporterdan oʻz omboriga tovar konsignasiya shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada joʻnatilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar koʻrsatilgan boʻladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning koʻrinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo oʻz nomidan olib boradi. Sanoat agenti muayyan joylarda oʻzaro raqobatda boʻlmagan bir qancha sanoatchilar tovarlarni sotish bilan shugʻullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi. Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari, Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor (sugʻurtachi bilan sugʻurta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) oʻrtasida aloqa oʻrnatishdan iborat. Brokerning qaysi yoʻnalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish qoʻrishdan qat'iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma'nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon shartnomadagi tomonlardan biri boʻla olmaydi, faqat tomonlarni oʻzaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling