Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4-rasm. Chakana savdoni doʻkondan tashqari shakllari
11. 3. Savdo qilishning yangi turlari va usullariSavdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, toʻgʻridan- toʻgʻri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin. Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi hisoblanadi. Juda koʻp firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste'molchilar oʻzlariga kerakli mahsulotni oʻzlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo boʻladi. Doʻkondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm). 11.4-rasm. Chakana savdoni doʻkondan tashqari shakllariToʻgʻridan -toʻgʻri marketingning quyidagi shaklllari mavjud: -toʻgʻridan – toʻgʻri pochtali marketing (direct mail); -katalog boʻyicha marketing; -telefon orqali marketing; -televizion marketing; -elektron marketing. Elektron marketing internet-reklama, internet-doʻkon va boshqalar orqali tovar va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi. Toʻgʻridan -toʻgʻri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot boʻlib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir. Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri boʻlib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQShda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qoʻllaniladi: tovarni peshtaxta orqali sotish; tovarni xaridor oʻziga-oʻzi xizmat qiladigan usulda sotish; tovarni ochiq yoyib qoʻyib sotish; tovar na'munalarini koʻrsatib sotish; tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli boʻlib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni koʻrsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi toʻlangan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. Xaridorlar oʻziga-oʻzi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki oʻrtasiga terib qoʻyilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga oʻzlari solishlari mumkin, tovarning haqi doʻkondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida toʻlanadi. Tovarni ochiq yoyib qoʻyib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan oʻzlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. Xaridorlar oʻziga-oʻzi xizmat qiladigan usulda boʻlgani kabi tovarlarni ochiq yoyib qoʻyib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun toʻla tayyor holda chiqariladi. Tovarlarning namunalarini koʻrsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga qoʻyilgan namunalarga qarab oʻziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini toʻlagandan keyin tegishli tovarni bevosita doʻkondan oladi yoki qoʻshimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin. Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor oʻziga kerakli tovarga doʻkonning buyurtma boʻlimida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar doʻkondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada koʻrsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan doʻkonlar orqali sotishda ana shu usulni qoʻllash mumkin. Savdoning ilgʻor usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta'minlashda muhim oʻrin tutadi, ya'ni savdoda iste'mol xarajatlarini kamaytirish iste'molchi xukmron boʻlgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega boʻlgan savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Savdoning zamonaviy usullaridan biri boʻlib Treyd marketing hisoblanadi. Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib koʻrsatiladi: sotuvni ragʻbatlantirish, maxsus hodisalar, merchandayzing. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling