Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogʻini shakllantiruvchi omillar


Download 2.86 Mb.
bet80/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

11. 2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogʻini shakllantiruvchi omillar


Chakana savdo aholiga toʻgʻridan - toʻgʻri tovar sotish va xizmat qilish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirkorlik faoliyatini oʻz ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qoʻshimcha ishlash, narxlarni oʻrnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste'molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat koʻrsatishlari bilan turlanadi.


Chakana savdoning moddiy - texnika asosini doʻkonlar, univermaglar, maxsuslashgan doʻkonlar, supermarketlar, oshxonalar va koʻpchilik mayda shahobchalar tashkil etadi.
Chakana savdo aylanmasi. Ichki iste'mol talabini ragʻbatlantirilishi tovarlar va xizmatlar iste'mol hajmini kengayishiga turtki berdi. Chakana savdo aylanmasining oʻsish sur'ati barcha hududlarda etarlicha yuqori boʻldi. Respublika oʻrtacha koʻrsatkichi 114.4 % ni tashkil etgani holda, Surxandaryoda
- 115,3 %, Jizzaxda – 115,2 %, Navoiyda – 115,1%, Buxoroda – 114,8%, Qashqadaryoda – 114,6%, Toshkent – 114,6% va Fargʻonada – 114,5% ni tashkil etdi.22
Ushbu hududlardagi chakana savdo aylanmasining yuqori oʻsish sur'atlariga aholining xarid qobiliyati oʻsishi tufayli erishildi. Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi indeksi Buxoro, Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida oʻsdi. Hududlarning eng yuqori va eng kichik koʻrsatkichi oʻrtasidagi farqlanish darajasi 4,9 barobarni tashkil etmoqda.
Xizmatlar. Soʻnggi yillarda Respublika iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi sifatida xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy tadbirlarni amalga oshirilishi oʻzining ijobiy natijalarini berdi. Barcha hududlarda xizmatlar sohasi oʻsishining yuqori sur'atlari qayd etildi. Bu hududlarda bank-moliya xizmatlari, aloqa xizmati va axborotlashtirish hamda transport xizmatlarining barqaror rivojlanishi bilan bogʻliq.
2016 yil mobaynida xizmatlar sohasida 14,6 mingta yangi ob'ekt tashkil etilib, 194 ta yangi maishiy xizmat koʻrsatish majmualari ishga tushirildi hamda 54 ta yangi mehmonxona qurildi.23


22 Oʻzbekiston iqtisodiyoti: axborot-tahliliy byulleten. 2016 yil yanvar-dekabr.-T: 2017 y., 85-bet.
23 Oʻzbekiston iqtisodiyoti: axborot-tahliliy byulleten. 2016 yil yanvar-dekabr.-T: 2017 y., 85-bet.
Chakana savdo doʻkonlarining turlari quyidagi rasmda keltirilgan (11.1- jadval).

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling