Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari


Download 2.86 Mb.
bet79/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

11.2-rasm. Tovar harakati va taqsimot kanallarining turlari


    1. Nol bosqichli kanal yoki bevosita marketing kanali ishlab chiqaruvchi va iste'molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste'molchilarga oʻz tovarlarini joyma - joy tashib yurib (koʻchma savdo), joʻnatish yoʻli bilan yoki oʻz firma doʻkonlari orqali sotadi.

    2. Bir bosqichli kanal oʻziga ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste'molchini qamrab oladi. Iste'mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana savdogar, sanoat mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo agenti yoki broker hisoblanadi.

    3. Ikki bosqichli kanal oʻziga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi, iste'molchini qamrab oladi. Iste'mol tovarlari bozorida ulgurji va chakana savdogarlar shunday vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida ular sanoat distribyuteri va dilerlar deb ataladi.

    4. Uch bosqichli kanali oʻziga ishlab chiqaruvchi, uchta vositachi va iste'molchini qamrab, koʻp hollarda ulgurji va chakana savdogarlar oʻrtasida mayda ulgurji faoliyat koʻrsatadi.

Bosqichlari koʻp boʻlgan kanallar juda kam. Ishlab chiqaruvchi koʻzi bilan qaraganda, taqsimot kanalida bosqichlar qanchalik koʻp boʻlsa, ularni nazorat qilish imkoniyati shu qadar torayadi.
Taqsimot kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi oʻz maqsadinigina oʻylaydigan uning ayrim a'zolari oʻrtasidagi mojarolarning oldini olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) paydo boʻldi. VMT bir yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat, yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. Bunday holda kanal a'zolaridan biri qolgan boshqa sheriklariga egalik qiladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud ularning hamkorligini ta'minlaydigan ustunlikka ega boʻladi. Masalan, korporativ VMT doirasida ishlab chiqarish yoki taqsimotning ketma-ket bosqichlari yagona egalikda boʻladi.
Shartnoma asosida VMT shartnoma munosabatlari bilan bogʻlangan mustaqil firmalardan iboratdir. Umumiy ishda muvaffaqiyatni ta'minlash uchun faoliyat dasturlarini hamkorlikda oʻzaro muvofiqlashtiradi.
Shartnoma asosidagi VMT uch tipdan iborat:

  1. Ulgurji rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning koʻngilli birlashmalari. Ulgurji mustaqil chakana sotuvchilar faoliyati uchun yagona dastur esa ularning yirik taqsimot tarmoqlari bilan raqobat kurashida oʻz kuchlarini birlashtirishga yordam beradi.

  2. Chakana sotuvchilar shirkati. Chakana sotuvchilar hamkorlikda yangi mustaqil xoʻjalik birlashmasi tuzishlari mumkin, bu birlashma ulgurji savdo ishlari bilan, ayrim hollarda ishlab, birlashma ishtirokchilari oʻzlarining asosiy xaridini shirkat orqali oʻtkazadi, reklama ishlari ham birgalikda tashkil etadi.

  3. Shartnoma asosida VMTning uch informasion tipi imtiyoz huquqiga ega boʻlganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a'zo ishlab chiqarish va taqsimot jarayonlarining qator ketma - ket bosqichlarini oʻz qoʻlida toʻplashi mumkin. Oʻz navbatida bunday tashkilotlarning uch koʻrinishi bor.

Birinchisi - ishlab chiqaruvchi homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Masalan, Amerikada «Ford» firmasi mustaqil dilerlarga oʻz avtomillari bilan savdo qilish huquqi uchun lisenziya beradi, ular esa sotishda muayyan shartlarga rioya qilish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish ishlariga rozi boʻladilar.
Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi homiylarning ulgurji imtiyoz egalari tizimi. Masalan, «Koka - kola» firmasi ichimlik qoʻyish zavodlari egalariga (ulgurjilarga) turli bozorlarda savdo qilish huquqi uchun lisenziyalar beradi. Bu zavodlar firmadan ichimlik konsentrati sotib oladi, soʻngra unga gaz bilan qoʻshimcha ishlov beradi, ichimlikni shishalarga quyadi va mahalliy chakana sotuvchilarga sotadi.
Uchinchi - xizmat koʻrsatadigan firma homiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Bu holda xizmat koʻrsatish firmalari iste'molchilarga xizmatini eng samarali usullarda etkazib berish maqsadida kompleks tizim tashkil etadi. Masalan, «Makdonalds» firmasining faoliyati.
Vertikal marketing tizimining gorizontal koʻrinishi mahsulotning bir necha vositachilar oʻrtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy mablagʻ, ishlab chiqarish quvvatini tejash, texnikaviy bilim yoki marketing resurslarini jamlash maqsadida yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda oʻzlashtirish yoʻlida harakatlarni birlashtirishni ustunroq koʻradi. Firmalar birgina yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun koʻp yoʻlli marketing tizimlaridan foydalanadilar. Aslida esa, har bir mahsulot taqsimotining turli yoʻllari mavjud. Masalan, firma oʻz mahsulotini bir vaqtning oʻzida firma doʻkoni, chakana sotuvchilar, boshqa vositachilar orqali sotishi mumkin. Shu sababli taqsimot kanalini tanlashda vositachi tipni, savdo - vositachilik amallari va vositachi firmalarni tashkil etish shaklini belgilash nihoyatda muhim masala hisoblanadi.
Tovarlarning toʻgʻridan - toʻgʻri ishlab chiqaruvchi tomonidan sotishining yaxshi tomonlari va kamchiliklari ham bor. Firma oʻz mahsuloti savdosini
toʻla nazorat qiladi. Bunday usul bilan oddiy assortimentli tovarlardan koʻmir, oʻtin, neft mahsulotlari, tez buziluvchi non, sut, goʻsht va hokazolar sotilishi ustunroq hisoblanadi. Ammo qolgan tovarlarni sotishda mustaqil ulgurji va chakana savdo firmalarining qatnashishi jahon tajribasida sinalgan samarali yoʻldir.
Firma tovar harakatini «Marketing miks» jarayonida rejalashtirishda quyidagilarga ahamiyat beradi:

  • sotish siyosatini tovar harakatiga bogʻlangan holda aniqlash;

  • tovar harakati usullaridan va turlaridan barcha tovarlar va bozor segmentlariga mosini tanlash;

  • tovar harakati boʻgʻinlari va umumiy masofani topish;

  • tovar harakati zanjirida qatnashuvchilar - mustaqil vositachilarni aniqlash;

  • tovar harakati rahbarlik tizimini yaratish;

  • tovar harakatini tashkil etuvchi bosh boʻgʻinni topish;

  • tovar harakati turlaridan eng samaralisini tanlashda turli xilini bogʻlab, bir - birini toʻldirishni koʻzda tutish.

Mahsulotning yuk sifatida ishlab chiqarish jarayonida iste'molchiga etib kelishigacha - tashish, saqlash va qoʻshimcha (qadoqlash, oʻrash, tamgʻalash kabi) ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan jarayon tovar harakati deyiladi. Uni tashkil etishda firmaning asosiy maqsadi, birinchidan, mahsulotni tezda, yaqin masofa orqali va samarali usul bilan oʻz xaridoriga etkazish; ikkinchidan, tovarning xaridori bilan» uchrashishga eng qulay sharoit yaratishdan iborat boʻlishi shart». Tovar harakatini rejalashtirishda, korxona tanlagan tovar sotish uslublariga asoslaniladi. Ular quyidagi uch uslubdan biri boʻlishi mumkin:

  • tovar ishlab chiqaruvchi vositachilarsiz, toʻgʻridan - toʻgʻri oʻzining iste'molchisi bilan bogʻlanishi;

  • tovarlarni mustaqil vositachi(firmalar) orqali sotish;

  • aralash usul, ishlab chiqaruvchi firma va vositachi savdo tashkiloti sarmoyalari qatnashishi orqali.

Tovar harakatini qatnashuvchilari quyidagi vazifalarni bajaradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash va sotish; ishlab chiqarishga kerakli xom ashyo va materiallar tayyorlash; marketing tadqiqotlari oʻtkazish; tovarlar iste'molchilari bilan toʻgʻridan - toʻgʻri aloqa oʻrnatish; oldi - sotdi qilish uchun shartnomalar tuzish jarayonini tayyorlash; tovarning iste'molchiga etib borishini ragʻbatlantiruvchi siyosat yurgʻizish; tovar assortimentini rejalashtirishda qatnashish va yordamlashish, tovar harakatini moliyaviy ta'minlash; sotilgan tovarlarga qoʻshimcha xizmat uyushtirish; tovarlarni tashish; tovarlarni omborlarga joylash va saqlash; tovarlarni navlarga ajratish, kichik oʻramlarda qadoqlash, oʻz savdo bitimini tuzatishga tavakkal qilish, sotilgan tovar bahosini aniqlashda qatnashish va boshqalar. Ana shu koʻp qirrali vazifalarni maxsus savdo firmalarining
bajarishi, tovar harakatidagi sarf - xarajatlarining ancha yuqori samara berishini ta'minlaydi.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling