Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doʻkon turi Assortiment Narx darajasi Izoh
11.1-jadvalChakana savdo doʻkonlarining turlari
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: doʻkonning jihozlari mijozga xizmat koʻrsatish darajasi tovar assortimenti savdoda xizmat koʻrsatish xarakteriga koʻra farqlanadi. Xizmat koʻrsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bogʻliq. Kundalik talabdagi tovarlar uchun oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun chegaralangan xizmat koʻrsatish; yuqori tovarlarga toʻliq xizmat koʻrsatiladi, bu oʻz ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat berishni oladi. Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste'molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati koʻrsatishning sifati, ya'ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bogʻliqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga boʻysundiriladi. Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va koʻpchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir: chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi; katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur oʻrganadi; tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo oʻrtasida mustahkam aloqa bogʻlaydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar. Ulgurjisiga faoliyat koʻrsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus boʻlim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo bilan shugʻullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qoʻshma va davlat mulkiga asoslangan boʻlishi mumkin. Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm). Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling