Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing kommunikasiyasi kompleksi va unda reklamaning oʻrni


Download 2.86 Mb.
bet91/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing kommunikasiyasi kompleksi va unda reklamaning oʻrni


Marketingning kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim:



  • maqsadli auditoriyani aniqlash; maqsadli auditoriyani aniqlash bu kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kim uchun tovar ishlab chiqargan boʻlsangiz, oʻsha sizning maqsadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, aholining ma'lum bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va boshqalar.

  • reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash. Siz turli maqsadlarda tovaringizni reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga boʻlish mumkin:

a) tovar haqida ma'lumot berish – bunda xaridorlar shunday tovarlar borligi, tovarning nomi, markasi haqida ma'lumotlarga ega boʻladilar.
b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish – bunda xaridor tovar haqida ma'lumotga ega boʻlishi mumkin, lekin bu ma'lumotlar etarli boʻlmasligi mumkin. Oʻshanda tovar haqida toʻliq ma'lumot beriladi.
v) xaridorni tovarga boʻlgan munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartirish

  • bunda asosan xaridorning tovar haqidagi fikri va tovarga boʻlgan munosabati yaxshi boʻlmagan holda foydalaniladi. Ya'ni kommunikator xaridorlar tovarni yoqtirmasliklari sababini aniqlab, reklama orqali oʻsha kamchiliklarni bartaraf etilganligini koʻrsatib berishi kerak.

g) xaridorlarni ishontirish. Buning uchun ishontiruvchi reklamadan foydalaniladi. Bunda sizning tovaringizning raqobatchilar tovarlaridan
ustunliklari va uning foydaliligi koʻrsatiladi. Ishontirishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan aloqa hisoblanadi.
d) sotish hajmini oshirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida hamma etarli ma'lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni eslatib turadi.

    • Axborotni tanlash. Siz, qanday maqsadda reklama qilishingizni aniqlab olganingizdan keyin shunday reklama tekstini tayyorlashingiz kerakki, u maqsadli auditoriyaga oʻz ta'sirini oʻtkazsin.

    • Axborotlashtirish vositalarini tanlash. Kommunikator ma'lumotni tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal orqali etkazishni aniqlash kerak. Ma'lumotlarni etkazishning ikki asosiy turi farqlanadi: shaxsiy (individual) va umumiy.

  • shaxsiy (individual) kanalga xaridor bilan alohida suhbat oʻtkazish, telefon orqali aloqa qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar kiradi;

  • umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, turli chora-tadbirlar, konferensiyalar va boshqalar kiradi.

Marketing kommunikasiyasida asosiy oʻrinni reklama egallaydi. Bu bozor faoliyatining koʻp qirrali koʻrinishi boʻlib, u ba'zan mustaqil yoʻnalishga ajratiladi. Marketing va reklama bir yirik jarayonning ikki tomonnini tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda reklama marketing tizimida oʻziga xos oʻrinni egallaydi.
Ishlab chiqaruvchi va iste'molchi oʻrtasidagi kommunikativ aloqa reklama hisoblanadi. Reklama korxona va bozor oʻrtasidagi butun aloqa tizimini oʻz ichiga oladi. Iste'molchi reklama qilinayotgan tovar toʻgʻrisida malakali bilimga, ya'ni tasavvurga ega boʻlishi kerak. Reklama xabarlari shunday boʻlishi zarurki, u iste'molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uygʻotishi va uni sotib olishga ishonch uygʻota olishi lozim.
Reklama mazmuniga kelganda, unga tovarlarni va ularning iste'mol qilish xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart. Ayrim qarash va gʻoyalarning shakllanishi tashviqot qilish reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini ochadi.
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning ta'sirchanligi unga tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib iste'molchiga boʻlgan harakat tizimidagi oʻrniga nechogli ahamiyat berilishiga bogʻliqdir. Reklamaning samadorligi esa jamoatchilik fikrining shakllanishi va iste'mol narxlarining oʻzgarishi bilan oʻlchanadi.
Reklamaning faoliyat doirasi oʻz ichiga:

  1. iste'molchining reklama qilinayotgan tovar va xizmatga hamda bozorga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish;

  2. maqsadga erishishni strategik rejalashtirish, bozor chegarasini aniqlash, reklama vositalaridan foydalanish rejalarini ishlab chiqarish va uni mohiyatlashtirish yuzasidan zarur tadbirlar ishlab chiqish;

  3. reklama vositalarini tanlash boʻyicha xarajatlar tizimini belgilashda taktik qarorlar qabul qilish, matbuotda e'lonlarning yoritilishi va namoyish qilinishi yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;

  4. matn yozishni hisobga olgan holda e'lon tuzish, maket tayyorlash, uni badiiy bezash va ularni ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

Reklama savdodagi texnologiya jarayonining tarkibiy qismidir. Modomiki, tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni ekan, reklama ham xaridor bilan uchrashgan paytdan, uning talab va ehtiyoji aniqlangan paytdan, tovarni oqilona koʻz-koʻz qilishdan boshlanadi. Tovarning xususiyatlari, sifati toʻgʻrisida, uni ishlatish, iste'mol qilish usullari toʻgʻrisida oʻz vaqtida maslahat berish, doʻkonlardagi texnologiya jarayonlarini tashkil etishda muhim oʻrin tutadi. Soʻngra, biror tovarga qoʻshib olinadigan tovarlarni tavsiya etish ham reklamaning diqqat markazida boʻlishi kerak.
Chakana savdodagi reklamani qoʻllash joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalarni qoʻllash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qoʻllanish joyiga koʻra reklamalar doʻkonga kiruvchi xaridorlarga moʻljallangan doʻkon ichidagi va butun aholiga qaratilgan doʻkon toʻgʻrisidagi turlarga boʻlinadi.
Vazifasiga koʻra reklama vositalari aholining muayyan kategoriyalari va guruhlariga (maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalariga, parxez taomga muhtoj boʻlgan kishilarga va shu kabilarga) moʻljallangan boʻladi.
Texnikaviy vositalarni qoʻllash va ulardan foydalanish uslublariga koʻra reklama quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) vitrina - koʻrgazma reklamasi (deraza va doʻkon ichkarisiga oʻrnatilgan vitrinalar, doʻkonlardagi va boshqa jamoat joylaridagi tovar koʻrgazmalari);
b) tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar (doʻkonlarning tamgʻalari, reklama yozuvlari, plakatlar, preyskurantlar, koʻrsatkichlar, transparantlar, e'lonlar);
v) bosma reklama (varaqalar, kataloglar, prospektlar, gazeta va jurnallardagi e'lonlar);
g) namoyish reklamasi (mahsulotlarni tatib qurish, kiyim-kechakning yangi modellarini namoyish qilish va shu kabilar);
d) kino - televizion va diapozitiv reklamasi; e) ovozli reklama va hokazolar.



Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling