Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
Bevosita savol-javob telemarketingi asosan ikki shaklga ega: bevosita savol-javob reklamasi va interaktiv TV reklamasi. Bevosita savol- javob reklamada odatda 60 yoki 120 soniya uzunlikka ega boʻlgan mahsulotni tasvirlovchi roliklar beriladi va mijozlar tekin kiruvchi raqam yoki web- sayt orqali buyurtma berishga undaladi. U shiningdek yagona mahsulot haqidagi 30 daqiqa va undan koʻproq vaqt davom etadigan infomercial deb nomlanuvchi reklama dasturlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Infomercial intervyu yoki axborot beruvchi shaklidagi televizion reklama roligidir.
Bevosita savol-javob reklamalari koʻpincha qandaydir baland ovozdagi, savol ostidagi, tozalovchi vositalarlar, oshxona uskunalari uchun boʻlgan maydonlar bilan boʻgliq holda ishlaydi. Toʻgridan toʻgri TV marketingi shakllaridan biri - interaktiv TV dir. U tomoshabinlarga televizor programmalarida va reklamalarda oʻzaro muloqot qilishga imkon yaratib beradi. Interaktiv kabel tizimi, tayyor internet smart TVlari va smartfon hamda planshet kabi texnologiyalar tufayli xaridorlar hozirda pultlardan, telefonlaridan va boshqa mexanizmlardan koʻproq ma'umotlarni qoʻlga kiritish va yoki TV reklamalardan toʻgʻridan toʻgʻri xarid qilishlari uchun foydalanishmoqda. Kontent kioskalar - raqamli va sensorli texnologiyalar bilan xaridorlar yana va yana qiziqishayotganigi sababli koʻp kompaniyalar savdo majmualariga, aeroportlarga, mehmonxonalarga, universitet hovlilariga va boshqa joylarga ma'lumot beradigan va buyurtma oladigan kioskalar - qurilmalar joylashtirishmoqda. Kioskalarni shu kunlarda hamma joyda koʻrsangiz buladi: mijozlar oʻz- oʻziga xizmat koʻrsatuvchi mehmonxonalaridan tortib mini aeroportlarigacha. Yaqindagina oddiy mexanik dastak va va tanga yi'guvchi idish yordamida ishlovchi savdo qurilmalari(Vending machines) hozirdamiyagaega”, deydi bir mutaxassis. Koʻpgina zamonaviy “aqlli kiosklar” simsiz ishlaydi. Ayrim qurilmalar hatto yuz tanish programmasiga ega, ya'ni ular jinsni, yoshni taxmin qilib topa oladi va shu ma'limotlarga asoslanib xaridorga mos mahsulot tavsiya qiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling