Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Internet marketingning mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari


Download 2.86 Mb.
bet95/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Internet marketingning mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari




Internet Marketing yuqorida ta'kidlab oʻtilganidek, internet marketing bevosita marketingning eng tez oʻsayotgan shakli hisoblanadi. Internetning keng qoʻllanishining ham xaridorlar uchun, ham sotuvchilar uchun sezilarli ta'siri bor. Bu qismda biz marketing strategiyasi va bugungi amaliyotdagi internet texnologiyalarining ijobiy tarafini olishda qanday oʻzgarishlar qilayotganini muhokama qilamiz.
Bugungi kunda jahon biznesining aksariyat qismi odamlar va kompaniyalrni bogʻlab turuvchi raqamli tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Internet vaijtimoiy tarmoqlar dunyo boʻylab barcha foydalanuvchilarni bir- biri bilan va haqiqatan keng ma'lumotlar bazasi bilan bogʻlaydi. Ayni damda odamlar internetga xohlagan paytda, xohlagan joyda kompyutorlaridan, smartfonlaridan, planshetlaridan va hatto televizorlardan, oʻyin qurilmalaridan bogʻlanishi mumkin. Internetda xaridorlarga qulaylik, tezlik, narx, mahsulot ma'lumotlari va xizmatlar haqida fikrlar bor. Natijada, bu marketologlarga xaridorlar bilan yaqin aloqa qilishga imkoniyat yaratib beradi. Internetdan foydalanish va uning ta'siri bosqichma boshqich oʻsishda davom etmoqda. Butun dunyo boʻyicha hozirgi kunda 2 milliarddan ortiq odamlarda internet aloqasi mavjud va shundan 1 milliardi internetdan telefon orqali foydalanadi. Taxminlarga koʻra, mobil internetning ahamiyati oshib borayotgani sabab, keyingi besh yil davomida bu raqam ikki baravar koʻpayadi.
Jadallik bilan oʻsayotgan bozorlarda oʻz joyiga ega boʻlish uchun hozirda kompaniyalar onlayn savdolarni amalga oshirmoqdalar. Internet kompaniyalar (dot-com companies) gullab-yashnashini koʻrgan an'anaviy, eski usulda ishlovchi ishlab chiqaruvchilar va doʻkonlar ham mijozlar bilan ishlash strategiyasini oʻzgartirdilar. Hozirda deyarli barcha an'anaviy kompaniyalar oʻzlarining onlayn savdo va kommunikatsiya kanallarini yaratganlar, shu sabab ular an'anaviy va yangi usullardan foydalanuvchi kompaniyalarga aylanib borishmqda. Hozirda onlayn faoliyat yuritmaydigan kompaniya topish qiyin.
Amaliyotda an'anaviy va yangi usullardan foydalanuvchi kompaniyalar faqatgina internetda ishlovchi firmalarga nisbatan koʻproq muvaffaqiyatga erishmoqdalar.
Hozirgi kunda har bir kompaniyaqaysidir ma'noda onlayn faoliyat koʻrsatadi. Internet marketing shakllari –web sahifa yaratish, internetga
reklama joylashtirish, onlayn ijtimoiy tarmoqda aloqalar yaratish va ularda ishtirok etish, e-mail joʻnatish va mobil marketingdan foydalanish.
Aksariyat kompaniyalar onlayn marketingining ustuni web sahifa yaratish hisoblanadi. Ammo bugungi kunda marketologlar oddiygina web sahifa yaratish bilan cheklanmasdan, jozibador sahifa yaratish, mijozlarni saytga kirishiga yoʻl topish va unda qolishini va saytga qayta-qayta kirishini ta'minlash haqida bosh qotirishlari kerak.
Web sahifalar maqsad va mazmuniga koʻra farqlanadi. Eng koʻp tarqalgan sayt turi korporativ (yoki brend) web sahifahisoblanadi. Bu turdagi saytlar mijozlarda kompaniyaga nisbatab moyillik uygʻotish, ularning izoh- munosabatini oʻrganib borish va kompaniya mahsulot-xizmatlarini sotishning yangi kanallarini yaratish kabi maqsadlarni koʻzlaydim ya'ni bur turdagi web saytlar orqali kompaniya mahsulotlari sotilmaydi.
Internet - marketingning eng asosiy instrumenti (vositasi) sayt hisoblanadi. Korporativ web-sayt – kompaniyaning virtual ofisi, hamda bir qancha funksiyalarga ega Internet tarmogʻidagi vakilidir:

    • kompaniya va uning tovarlari haqida ma'lumotlar taqdim etish;

    • Internetda mahsulot va savdo markasini harakatlantirish;

    • joriy marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;

    • iste'molchilar bilan munosabatga kirishish;

    • mijozlarga servis xizmat koʻrsatish va ma'lumotlar taqdim etish;

    • saytdan elektron doʻkon sifatida foydalanish;

    • vositachilarni jalb etish va vositachilar bilan oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash.

Sayt aynan qidiruvchilar tomonidan tahlil etiladi va baholanadi. Uning dizayni, ma'lumotlar bazasi va saytdagi servis xizmatlarning mavjudligi u haqida ijobiy fikrni shakllantiradi. Shu sababli Web-sayt internet loyihani amalga oshirishda markaziy boʻgʻin hisoblanadi. Shu bilan birga mahsulotni va “savdo yuragini” harakatlantirish boʻyicha bir qator maxsus instrumentlar (vositalar) ishlab chiqilgan:

      1. Qidiruvni optimallashtirish (SEO) – Search engines Optimization, saytni qidiruv tizimlariga asoslangan holda optimallashtirish hisoblanadi. Qidiruvni optimallashtirish natijasi – ma'lum bir kalit soʻzlardan foydalangan holda saytni qidiruv natijalarining ilk sahifalarida joylashtirishni ta'minlash;

      2. Kontekst reklama – Web saytda joylashgan matnli reklama e'lonlari va bannerlar boʻlib, internet qidiruvni takomillashtirishda asosiy oʻrinni egallaydi. Shu bilan birga saytning oʻng ustunchasida iste'molchilarning ehtiyojlariga koʻra qidiruv tizimlarini joylashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi (Google, Yahoo Search, Mail.ru, Yandeks va boshqalar).

      3. Media reklamalar–kompaniya mahsulotlari va xizmatlarini harakatlantirish uchun turli xil saytlarda yoki reklama tarmoqlarida

(targetingli yoki targetingsiz) joylashtirilgan harakatsiz va animasion rasmli reklama e'lonlari.

      1. SMO (Social Media Optimization), SMM (Social Media Marketing) – ijtimoiy tarmoqlarda harakatlantirish – forumlar, bloglar va boshq. SMO ning asosiy mazmuni – internet foydalanuvchilarni saytga koʻproq kirishlari, uni turli xil forumlar, bloglarda muhokama qilishlari uchun saytning tuzilmasi va tarkibini takomillashtirishni koʻzlaydi.

      2. SMM – saytni ilgari surish, tovar, xizmat va h.k.ni harakatlantirishdir. Ushbu turdagi harakatlantirishdan foydalanishda saytning kontenti (tarkibi, mazmuni) haqida jiddiy fikr yuritish, uning foydalanuvchilar uchun qiziqarli boʻlishi va yanada koʻproq oʻqish istagini uygʻotishi, shuningdek, faolroq harakatlarni amalga oshirish – savol berish, ovoz berish, anketa soʻrovlari toʻldirishga undashi lozim.

Onlayn marketologlar “ogʻizdan-ogʻizga” marketingining internet shakli hisoblanmish virus reklamasidan ham samarali foydalanishadi. Virus marketingi foydalanuvchilar bir-biriga tezda tarqatishi mumkin boʻlgan web sayt, video, email, mobil xabarlar kabi vositalarni yaratish yordamida amalga oshiriladi. Bu usulning samarali ekanligiga sabab, birinchida, u arzon reklama turi hisoblanadi, ikkinchidan, qabul qiluvchi doʻstidan kelgan ma'lumotni oʻqishi ehtimoli ancha baland hisoblanadi.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling