Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Integrasiyalangan toʻgʻridan-toʻgʻri marketing


Download 2.86 Mb.
bet97/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Integrasiyalangan toʻgʻridan-toʻgʻri marketing


Hozirgi vaqtda toʻgʻridan-toʻgʻri marketing faol rivojlanib bormoqda. Buning asosiy sababi – kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda yangi elektron kommunikasiya vositalaridan foydalanishdan iborat. Aksariyat kompaniyalar toʻgʻridan-toʻgʻri marketingning korxonaning kommunikasiya siyosatiga ta'sirini etarlicha baholay olmaydilar va ularga marketing kommunikasiyalari strategiyasida biroz e'tibor qaratib oʻtadilar.


Integrasiyalangan toʻgʻridan-toʻgʻri marketing toʻgʻridan-toʻgʻri marketing vositalarini reklama, savdoni ragʻbatlantirish, jamoatchilik bilan loqalar hamda shaxsiy savdolar bilan bir qatorda va oʻzaro aloqada ilgari surish majmui boʻgʻinlaridan biri sifatida koʻrib chiqadi.
Ushbu tarkibiy qismlarni yanada samarali oʻzaro ta'siriga erishish uchun ba'zi kompaniyalarda marketing kommunikasiyalari boʻyicha rahbar lavozimi yaratilmoqda. Bunday rahbarning asosiy vazifasi ushbu siyosatni amalga oshirish uchun hamma marketing kommunikasiyalarining oʻzaro aloqasi, korxonaning(moliyaviy, inson, texnik) resurslaridan samaraliroq foydalanishga tayangan holda muvozanatlashtirilgan ilgari surish siyosatini olib borishdan iborat.
Iste'molchiga koʻp marotaba murojaat qilishga biriktirilgan bir nechta kommunikasiya vositalaridan foydalanish katta samara beradi. Masalan, jurnal tahririyati har bir uy xoʻjaligi, avvalambor uni “umidsiz mijozlar” toifasiga etkazish uchun toʻrttadan xabar joʻnatadi.
Interaktiv marketingning ahamiyati ortib borishi sabablari quyidagilardan iborat:

  1. Interaktiv marketing mijozlarning sodiqligini oshiradi. Bozorlarni barqarorlashtirish sharoitida yangi mijozlarga sarflanuvchi xarajatlar mavjud mijozlarni ushlab qolish xarajatlarnidan koʻproqdir. Shuning uchun mijozlarning sodiqligini oshirish – xarajatlarni sezilarli qisqartirish, binobarin korxona ishi amaradorligini oshirishga toʻgʻridan- toʻgʻri yoʻldir.

  2. Interaktiv marketing, iste'molchi bilan suhbatga asoslangan mijoz uchun qoʻshimcha axborot servisini yaratish yoʻli, ya'ni mijoz boshqa ta'minotchiga oʻtishda amalga oshiradigan qoʻshimcha xarajatlar – koʻchish xarajatlari yaratish yordamida firmaning raqobatbardoshligini oshiradi. Koʻchish xarajatlari tizimi firma tomonidan taklif etilgan tovar taklifining tabaqalanishini oshiradi.

  3. Interaktiv marketing iste'molchiga alohida yondashuvni koʻzda tutadi. Bunda iste'molchilarning tovar va xizmatlar narxi va sifatiga talablarini muntazam ravishda oshirib borish yoʻnalishini hisobga olgan holda ahamiyatlidir.

  4. Interaktiv marketing axborot kommunikasiya texnologiyalarining hozirgi yutuqlarini samarali qoʻllaydi (internet, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi, GRM-tizimlar va h.k.).

  5. Interaktiv marketing iste'molchilarning afzalliklari va ularning firma tomonidan qondirilishi samaradorligini doimiy monitoring qilib borish imkonini beradi.

  6. Interaktiv marketing real bozor sharoitlarida tovar taklifining biror-bir tarkibiy qismlarini test qilish imkonini beradi. Tovarning ustunliklari, namunalar, narxlar, tarqatish vositalari, joʻnatma roʻyxatlarini sinab koʻrish mumkin. Tovar taklifining asosiy unsurlarini dastlabki testdan oʻtkazish mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati va

kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun firmaning marketing siyosatiga oʻz vaqtida tuzatish kiritish imkonini beradi.

    1. Download 2.86 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling