Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Download 2.86 Mb.
bet103/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub'ektlari xulq-atvorini koʻrsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat koʻrsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub'ektlarining funksional, sabab- oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitasiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil boʻlish modeli, reklama modeli va h.k.).
Marketing oʻzaro aloqalari - 1) xizmat koʻrsatish tadbirkorligining tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub'ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yoʻnaltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli oʻzaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini qondirishga yoʻnaltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas'uliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari boʻyicha marketingni tashkil etish usuli.
Marketing operasiyalari tadqiqoti - marketing qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) yigʻindisi.
Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati (potensiali) - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx kommunikasiya va savdo siyosati, talabni oʻrganish sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish hisobiga marketing tizimining korxonaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon'yunkturasini ta'minlash qobiliyatlari majmui.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling