Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta


Marketing tadqiqoti dizayni


Download 2.86 Mb.
bet104/117
Sana20.09.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1681949
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
Bog'liq
Marketing 2021 й - word lotin

Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni oʻtkazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun rasional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti sub'ektlari xulq-atvorining oʻzgarish holatlarini oʻrganish va bashorat qilish boʻyicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha oʻzaro uzluksiz aloqada boʻluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar
majmui. Marketing tizimi oʻz ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta'minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste'molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta'minlash - 1) marketing hujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-atvori toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat koʻrsatishini ta'minlovchi quyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta'minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma'lumotlarni olish, ishlov berish, tizimlashtirish va ularni «iste'mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.
Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing xarajatlari belgilab qoʻyilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab chiqarishni toʻxtovsiz shakllantirish jarayonini ta'minlash qobiliyati koʻrsatkichi; 2) marketing tizimi faoliyatining sifat koʻrsatkichi; 3) marketing tizimi sub'ektlarining resurslar ayirboshlash jarayonida oʻzaro aloqalari natijaviyligining kompleks koʻrsatkichi.
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil boʻlishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bogʻliq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha boʻgʻinlarida marketing vositalari va falsafasini qoʻllash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling