Konglomerat diversifikasiya - firma assortimentini na firmada qoʻllanayotgan texnologiyalarga, na ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, na hozirgi bozorga hech qanday aloqasi boʻlmagan mahsulotlar bilan toʻldirish.
Konsyumerizm - iste'molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tashkil qilingan harakat, iste'molchilar xavfligi, ularning iqtisodiy manfaatlarini muxofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab chiqarish gʻirrom raqobatchilikkka va qarshi kurash bilan bogʻliq boʻladi.
Konsentrik (markazlashtirilgan) diversifikasiya - firma assortimentini mavjud tovarlarga texnik va marketing nuqtai nazaridan oʻxshash boʻlmagan mahsulotlar bilan toʻldirish.
Korporativ reklama - aniq bir tovar markasiga emas, balki toʻliq tovarlar assortimentiga ehtiyoj yaratuvchi reklama.
Makromuhit - firmaning marketing muhiti tarkibiy qismi, ijtimoiy jihatdan mikromuhitga ta'sir koʻrsatuvchi kuchlarga qaraganda keng ifodalanuvchi omillar, masalan, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnik, siyosiy va madaniy omillar.
Maqsadli bozor - u yoki bu mahsulotni sotish bozorini tadqiq etish natijasida tanlangan, marketing xarajatlarining minimalligi bilan tavsiflanuvchi va firma faoliyati natijalarining asosiy ulushini (qismini) ta'minlovchi bozor.
Marketing axborot tizimi (MAT) - 1) marketing tadbirlarini rejalashtirish, hayotga tatbiq tatbiq nazorat maqsadida aniq, dolzarb ma'lumotlarni oʻz vaqtida toʻplash, tasniflash, tahlil qilish, baholash va undan marketing sohasida foydalanish maqsadida tarqatish uchun moʻljallangan metodik usullar, asbob-uskunalar va odamlarning muntazam faoliyat koʻrsatuvchi oʻzaro aloqalar tizimi; 2) marketing sohasida qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida foydalaniluvchi ma'lumotlarni toʻplash, tahlil qilish va etkazish usullari, asbob-uskunalar va xodimlar majmui.
Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari boʻyicha) aks ettirilgan koʻrsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining boʻlimi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |