O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Download 117.31 Kb.
bet25/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Muhim xatolar-to‘g‘ri bajarishdan og‘ishgan, harakat faoliyatlarini tuzilishini buzmaydigan, lekin oson ko‘rsatkichini pasaytiradigan harakatlar kiradi.
Qo‘pol xatolar- to‘g‘ri bajarishdan og‘ishgan, harakat faoliyatlarini tuzilishini buzuvchi va natijani pasayib ketishiga sabab bo‘luvchi xatolar kiradi.
Harakat faoliyatlarining texnikasini bajarilishini baholashda shug‘ullanuvchilar hisobga olinmaydi, shuning uchun har bir sinf uchun dasturida belgilab qo‘yilgan baho mezonini talabi so‘zsiz bajarilishi kerak.
Baholar mezoni xar bir mashqni o‘rganishdan oldin ishlab chiqilishi va o‘quvchilarga etkazilishi kerak. Taxminiy baholashda birinchi navbatda pedagog topshirig‘ini bajargan o‘quvchilar baholanishi zarur. Ishlab chiqilgan baholar mezoni asosida o‘rganilayotgan harakat faoliyatlarini qanday o‘zlashtirilib olinayotganligini o‘quvchilar ob’ektiv baholaydilar hamda o‘rtoqlar erishayotgan yutuqlarni ko‘radilar. Bolalarni o‘z o‘zini va o‘zaro baholashga o‘rgatish ularni mustaqil mashg‘ulotga tayyorlashning asosiy shartidir.
YAkuniy baho uch komponentni hisobga olgan holda chiqariladigan, son ko‘rsatkichi bo‘lmaganda, harakat texnikasi, ta’alluqli bo‘lgan nazariy materiallarni bilishi aniqlanadi, sof va raqs mashqlari, akrobatika, sport o‘yinlarining texnikasi va taktikasi.
Baholanishda ob’ektivlik prinsipiga qat’iyan rioya qilish talab etiladi, ya’ni bahoni materialni qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab umumiy talablar asosida qo‘yish kerak. Qo‘yiladigan baho butun sinf oldida e’lon qilinib, nima uchun shunday ball, nima uchun baho oshirilgan, pasaytirilgan tushuntirib berilishi kerak.
CHorak davomida har bir o‘quvchi 4-5 odil baho olsa maqsadga muvofiq bo‘lib, chorak bahosi shular asosida chiqariladi.
Yillik baho choraklardagi olgan baholari asosida chiqariladi, agar o‘quvchi bir xil bo‘lim materiali bo‘yicha oxirgi tibbiy tayyorlov guruhida kiritilgan o‘quvchilarning ulguruvchanligi umumiy asosda aniqlanadi, biroq, ularni salomatligiga to‘g‘ri kelmaydigan mashqlar talab me’yorlariga kiritilmaydi. O‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan son ko‘rsatishlarini bajarilmasligi, jismoniy rivojlanishni noproporsionalligi uzoq muddat darsni qoldirishi ijobiy taxminiy baholarda harakat texnikasi uchun va bilimlarni o‘zlashtirib olishi, yakuniy bahoni pasaytirish uchun sabab bo‘la olmaydi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi bo‘yicha amaliy ishlar shuni ko‘rsatadiki, ya’ni ularga qo‘yilgan talablarni hamma bir xilda bajaravermaydi.
To‘liq o‘rganuvchilikka erishishga intilib, o‘qituvchi dastur talablarini muvaffaqiyatli xal etishishda nimalar xalaqit berayotganligi sababini aniqlash lozim. Ulardan ko‘p uchraydigani quyidagilardan iborat;

  1. O‘quvchilar harakat tajribasini etishmasligi. Ma’lumki har bir mashqqa o‘rgatishning muvaffaqiyatli harakat va harakat faoliyatining arsenalligiga bog‘liq.

  2. Jismoniy rivojlanish darajasining pastligi. Har qanday harakatni o‘rganish uchun kuch, bukuluvchanlik, tezlik va chidamlilik qo‘rquvni engib o‘tishi zarur bo‘ldi;

  3. Aqliy rivojlanishda qoloqligi.

Maxsus ilmiy qidiruv natijalari shuni ko‘rsatadiki, aqliy rivojlanishdagi qoloqlik, jismoniy mashqlarni o‘zlashtirib olish jarayonini tormozlaydi.

  1. Iroda sifatlarii etarli darajada rivojlanmaganligi. O‘quv dasturini o‘zlashtirib olishlik- bu jiddiy jismoniy va aqliy mehnat. U qat’iyatlilikni, talab etadi, noxushlik, ayyorlikni engib o‘tishni talab etadi. Jismoniy mashqlarni bajarish «o‘lik nuqtani» engishda, chidam talabi bilan bog‘liq. Qator hollarda qo‘rquvni engib o‘tish zarur bo‘ladi.

  2. Shug‘ullanuvchilarning faollik darajasini pastligi. Bu 13-14 yoshdagi bolalar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun xarakteridir.

Bolalarni baholab borib, har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni kelgusi o‘sishi xaqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Jismoniy tarbiya dasrlari ko‘p tasnifga ega ulardan har bir ularni klassifikatsiyasini, tasnifi asosiga tushishi mumkin. Biz amaliy tarzda tez-tez uchrab turadigan maktab darsini xilma xilligini ko‘rib chiqamiz. Hamma darslar, o‘zining mazmunidan kelib chiqib, ikkita katta guruhga bo‘linishi mumkin: predmetli darslar va kompleks darslar. Predmetli darslarni asosiy qismining mazmunida dastur bo‘limini biror bir bo‘limidan engil atletika, gimnastika o‘quv materiali kiritiladi. Bunday darslar ayniqsa yuqori sinflarda o‘tkaziladi. Ularni o‘tish metodikasi sport turiga ta’alluqli bo‘lgan mashqlanish mashg‘ulotlariga yaqinlashtiradi.
Quyi va yuqori sinflarda predmetli darslar faqat suzishda o‘tkaziladi, chunki bu bo‘lim materiali boqa bo‘lim materiali bilan kirishmaydi. Shuning uchun chang‘i tayyorgarligi va suzish darslari alohida o‘tkaziladi. Kompleksli dasrlar bir darsga dasturni boshqa bo‘limlardan kiritish imkonini beradi. Lekin bir dars har xil mashqlarni birlashtirish rasmiy xarakterga ega bo‘lmaydi, aksincha qat’iy qoidaga javob berishi kerak. Kompleks, aralash darslarni tashkil etish qiyin, lekin ular hayajonli, bolalar organizmiga har tomonlama ta’sir etadi, asosiysi zaruriy elementlarni butun yil davomida yoddan chiqarmaydi, ularni yuqori darajada bajarish imkonini beradi. Kompleksli darslar xatto kichik va o‘rta maktab yoshdagi bolalar bilan ishlaganda ham qo‘llaniladi. Predmetli va kompleksli darslar hal etiladigan masalalarni afzalligiga bog‘liq bo‘lgan holda o‘quv mashqlarini, nazorat va aralashga bo‘linadi. O‘quv dasrlarida asosiy diqqat mashqlarni to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi. O‘qituvchi, xatolarni topib, ularni to‘g‘rilash choralarni ko‘radi, jarohatlanishdan himoyalashni ta’minlaydi va bolalarni o‘z-o‘zini jarohatlanishdan himoyalash qilishga o‘rgatadi. Bularning hammasi darsning tashkiliy va uslubiyotda iz qoldiradi. Bu erda o‘zaro o‘rganish keng qo‘llaniladi va nazariy ma’lumotlar e’lon qilinadi, xamda o‘quvchilarni faolligini oshirish uchun xilma-xil usullar qo‘llaniladi.
Mashqlanish darslari o‘rganilganlarni takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashda ancha afzallikka ega. Bu erda asosan o‘quvchilar faoliyatlarini tashkil etishda guruhli usuldan foydalaniladi. Bunday darslarda jismoniy yuklarni xajmi va unumdorligi ortadi. Ko‘pgina darslar tabiiy sharoitda o‘tiladi. O‘qituvchi xilma-xil vaziyatlarni vujudga keltiradi, natijada mashg‘ulotga qiziquvchanlik ortadi. Nazariy darslar o‘rganilayotgan mashqlarni qanday o‘zlashtirilayotganligi, jismoniy sifatlarni vujudga kelishi jarayonini hal etadi. Shuning bilan birga dastlab va yakuniy mashqlanishni jismoniy rivojlanish va o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bir vaqtda nazorat darslari katta o‘rganuvchi va mashqlanish samarasini beradi. Ma’lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun organizmga yuqori talablarni qo‘yish zarur bo‘ladi, ya’ni mashqlarni charchash darajasiga etkazib bajarish talab etiladi. Bunday sharoitda nazorat darslari jarayonida yaratiladi. Ko‘pincha nazorat darslarida ba’zi bir o‘quvchilar o‘quv darsiga qaraganda ko‘proq narsani o‘zlashtirib oladilar. Bunga mashg‘ulotdagi o‘zaro yordam ruhi ma’lum darajada ijobiy ta’sir etadi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida ko‘pincha o‘quv, nazorat yoki mashqlanish darslari kam uchraydi. Har bir mashg‘ulotda o‘rgatish, nazorat va mashqlanish elementlari mavjud bo‘ladi. Shuning uchun doimo yodda tutish kerakki, har bir aniq belgilangan dars ostida o‘rganish, mashqlantirish yoki nazorat vazifalarini hal etish yotadi. Quyi sinflarda asosan o‘quv darslari mashg‘ulotning umumiy sonidan 70-80 yaqinini tashkil etadi, o‘rta sinflarda 60 foizga yaqin, katta sinflarda 25-30 foiz. Ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarning yoshi ortib borgan sari o‘quv darslarining umumiy soati pasayadi, mashqlanish darslarini umumiy salmog‘i 10-11 sinflarda 60 foizga etadi. Agar darslarda har xil vazifalar bir xil maromda hal etilsa bu holda bunday darslarni aralash yoki murakkab deb ataladi. Bunday toifadagi darslar tez-tez hamma sinflarda uchrab turadi, maktab materiallarini o‘zlashtirib olish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Xulosa


Kurs ishida jismoniy tarbiya darslarini sog‘lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish hamda jismoniy harakatlarga o‘rgatish jarayonlari tahlil etildi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, katta tanaffusdagi o‘yinlar, darslardagi fizkult daqiqalar, sport to‘garaklari mashg‘ulotlari, kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari, sport musobaqalari va bayramlardan iborat bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samarali tashkil etilishi uchun barcha shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot jarayoniga jalb etilishi kerak. Buning uchun murabbiylar o‘quvchilar bilan guruh usulida, oqim usulida, navbat bilan, frantal usulida xamda yakkama-yakka individual usulida yondashib mashg‘ulotlar olib borishi kerak.
Jismoniy tarbiya darslari jismoniy mashqlarga o‘rgatish bilan birga harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya darslari tuzilishiga muvofiq tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo‘ladi. Tayyorlov qismida shug‘ullanuvchilar umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan darsning asosiy qismiga tayyorgarlik ko‘radi.
Asosiy qismda dars mavzusi bo‘lgan o‘quv materiali texnik va taktik jihatdan o‘rganiladi, rivojlantiriladi va takomillashtiriladi. Yakuniy qismda harakatli o‘yinlar yoki nafas olish mashqlari bilan darsga yakun yasaladi. Uyga vazifalar berilib faol o‘quvchi talabalar baholanadi.
Jismoniy tarbiya darslari turlarga bo‘linadi. Kirish va o‘rgatish darslarida jismoniy mashqlar va harakatlar texnikasi o‘rgatiladi. Rivojlantirish va takomillashtirish darslarida bu mashqlar va harakatlar rivojlantirilib, takomillashtirilib boriladi.
Nazorat darslarida egallangan jismoniy mashqlar va harakatlar nazorat qilinib baholanadi. Aralash darslarda bir mashqning texnikasi o‘rgatilsa, ba’zi mashqlar texnikasi rivojlantirilib yoki takomillashtirilib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan dars rejalari bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda dars konspektlari qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga tushadigan jismoniy yuklamalarni doim me’yorlab, o‘zgartirib turish kerak. Bu bilan dars zichligi ortib, o‘quvchilar jismoniy rivojlanishi ta’minlanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga tushadigan yuklamlarni bolalarni muntazam jismoniy harakat qilishlarini ta’minlab amalga oshirish mumkin. Shuningdek dars davomida bajariladigan jismoniy mashqlarni bolalarni jismoniy rivojlanish darajalari, shaxsiy qiziqishlari hamda jismoniy qobiliyatlariga muvofiq tanlash kerak.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni shaxsiy xususiyatlariga muvofiq individual yondoshish ularni darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, jismoniy mashqlari va harakatlarni mustaqil bajara olish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi, organizmini jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi.
Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri tashkil etish va barcha o‘quvchilarni harakatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bolalarni sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalari to‘liq amalga oshiriladi.



Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling