O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta
Maktabda jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish jarayonlari
Download 117.31 Kb.
|
Aziza kurs ishi boshqatdan
Maktabda jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish jarayonlariMaktabdagi hamma xodimlar o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakllarini to‘g‘ri tushunishlari, amaliy ishlarda o‘z kuchiga yarasha qatnashishlari, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida jismoniy madaniyat va sportni faol targ‘ib qilishlari lozim. O‘qituvchilari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart: dars yuksak darajada o‘tishini ta’minlash va tegishli sinf jismoniy tarbiya dasturini to‘liq bajarish; vrach bilan birgalikda o‘quvchilarni tibbiy tekshiruvidan o‘z vaqtida o‘tkazib borish va o‘z ishlarida tibbiy tekshiruvi natijalarini hisobga olish; dars o‘tkaziladigan joylarning tegishli sanitariya-gigiena holatida saqlanishini ta’minlash; bolalarning hammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda shug‘ullanishlarga erishish; jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni uyushtirish va o‘tkazish va ishtirok etish hamda unga o‘quvchilarni keng jalb qilish; bolalarni jismoniy tarbiyalashning ahamiyati xaqida ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish; o‘zining bolalarni jismoniy tarbiyalash sohasidagi bilimlarini muntazam oshirib borish; o‘quvchilarni jismoniy madaniyatga qiziqtirish va ularda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish odatlarni shakllantirish. O‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirib borish uchun tajriba almashadilar, bir-birlarining darslarini tahlil etishni tashkil etadilar. Jismoniy tarbiyada tibbiy nazorat. Maktabda jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Maktabda tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Maktab vrachi bolalarning salomatligi va jismoniy tarbiyasi masalalari bo‘yicha o‘qituvchilarni eng yaqin maslahatchisi, sanitariya-gigiena talablarining bajarilishini nazorat qiluvchi hisoblanadi. Vrachning bolalar salomatligi va jismoniy tarbiyasiga ta’alluqli hamma ko‘rsatmalari o‘qituvchi uchun majburiydir. Vrach tibbiy ko‘rigini o‘tkazishda xar bir o‘quvchining salomatlik holati bilan batafsil tanishib chiqadi: tekshirilayotgan o‘quvchining oilasida va o‘zida qanday kasalliklar bo‘lganligini aniqlaydi; angina va gripp kasalliklariga e’tibor beradi; tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklar bilan qiziqadi; tashqi qiyofasini ko‘rikdan o‘tkazadi va teri, limfatik bezlar, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi kabilarning holatini hamda oyoq va tovonlar shaklini aniqlaydi; antropometrik ko‘rik o‘tkazadi; nerv sistemalari, nafas va qon aylanish organlari, ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat apparati holatlarini aniqlashga katta e’tibor beradi. Vaqti-vaqti bilan rentgenografiya yoki rentgenoskopiya, qon, siydiklar tekshiruvi va boshqa laboratoriya tekshirishlari o‘tkazib boradi. Asosiy gruppaga jismoniy rivojlanishi va salomatligi hech bir kamchiliksiz, etarlicha jismoniy tayyorlangan o‘quvchilar kiradi. Tayyorlov gruppasiga jismoniy rivojlanishda va salomatligida sal og‘ish bo‘lgan hamda jismoniy jihatdan kam tayyorlangan o‘quvchilar kiradi. Sog‘ligida doimiy yoki vaqtincha xarakterdagi jiddiy nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar maxsus gruppaga ajratiladi. Ayrim o‘quvchilar salomatligi yaxshilanguncha vaqtincha jismoniy mashg‘ulotlardan butunlay ozod qilinadi. Zarur holatda muayyan ko‘rsatmalarga binoan ayrim o‘quvchilarga davolovchi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari belgilash xam mumkin. Jismoniy mashg‘ulotlardan vaqtincha ozod etilgan o‘quvchilar jismoniy tarbiya darslariga kelishlari shart. Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi o‘quvchilarga jismoniy madaniyat va sport sohasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish malakasini berish. Maktab o‘quvchilarning harakat rejimi bolalarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Download 117.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling