O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Bob. O‘QUVCHILAR JISMONIY TARBIYA DASRLARI TASHKIL ETISH JARAYONLARI


Download 117.31 Kb.
bet7/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Bob. O‘QUVCHILAR JISMONIY TARBIYA DASRLARI TASHKIL ETISH JARAYONLARI


Dars tuzilishi uni mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun dars tuzilishi tadqiqot qilish, vazifasi, manbasi, metodlari.
Darsning maqsadi darsga qo‘yilgan aniq vazifalar bilan belgilanadi. Shu bilan birga aniq manbalarni qo‘llay bilish talab etiladi.
Dars vazifasi va uning manbasi muvaffaqqiyat bilan amalga oshirilishi mumkin, faqat uning prinsiplari va metodlari to‘g‘ri saqlanganda.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida xilma xil tarbiyaviy, ta’lim va gigienik vazifalar hal etiladi, xima xil jismoniy mashqlar bajariladi.
O‘zidan o‘zi ma’lumki, eng avvalo darsning tuzilishining qonuniyatlarini, tamoyilini, metodlarini saqlash talab etiladi. Shunday qilib dars o‘zining asosiy pedagogik kategoriyalari tizimi bilan xarakterlanadi. Dars tuzilishining juda ko‘p komponentlari mavjud, demak uning cheksiz variantlari mavjud bo‘lishi kerak deb bilmog‘imiz zarur.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda dars klassifikatsiyasiga turlicha yondoshishlar mavjud, ba’zi hollarda darsni didaktik maqsadlariga, o‘rgatish darsi, qaytalash darsi. Darslarni klassifikatsiya qilishda ularni bir biriga o‘xshashligi mohiyati didaktiv maqsadni o‘quv materialini vujudga keltiradi. O‘rgatish jarayonini barcha komponentlari, o‘rgatish, metodi, o‘quv metarillarini olish, jismoniy yuk berish usullari, jismoniy tarbiya darsi va boshqa mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitish so‘zini atamasini ishlatish o‘rniga o‘rgatish so‘zini atamasini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bizni fanimizda o‘qitilmaydi, harakat faoliyatlariga o‘rgatiladi, yurish, sportcha yurish, uloqtirish, sakrash, otish, sport o‘yinlariga o‘rgatilishi sabablari o‘rgatish atamasini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Dars to‘rt tipiga ajaratadi:

    1. yangi materialini o‘zlashtirish darsi;

    2. qaytalash darsi, takomillashtirish o‘zlashtirib olganni mustahkamlash;

    3. shug‘ullanuvchilarni bilim malakasini, ko‘nikmasini tekshirish, nazorat darsi;

    4. aralash tipidagi darslar, o‘quv mashqlanish.

Bu klassifikatsiyada faqat kirish xarakteriga ega bo‘lgan dars yo‘q, bu dars o‘rgatish jarayoni boshlanishida qo‘llaniladi.
Juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan mavzuni qanday ochish mumkin. Jismoniy madaniyat darsinimi yoki jismoniy tarbiya darsinimi, jismoniy madaniyat o‘qituvchisimi, jismoniy tarbiya nazariyasimi. Bu bayramona savol emas javob talab etuvchi savol. Bu tushunchalarni anglash, to‘g‘ri tushunish uchun tarixiy-mantiq jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni mohiyatini tushunish kerak bo‘ladi.
Maxsus tadqikotlarda, lug‘at ensiklopediyasida jismoniy tarbiyani umumiy tarbiyani bir qismi ekanligini, jismoniy madaniyat umumjamiyat madaniyatini bir qismi ekanligini anglaymiz.
Nazariya va amaliyot umuman olganda qisman jismoniy, uni maqsadini aniqlash boshlanadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi-garmonik rivojlanishiga yordamlashish, jismoniy takomillashuvga yordam berish, ongli iroda sifatlarini tarbiyalash yuqorilab chiqish, ijodiy mehnat qilish imkoniyatini tarbiyalashdan iborat.
Jismoniy tarbiya vazifasini hal etish maxsus manbalar yordamida amalga oshiriladi. Jismoniy mashqlar-erkin harakatlar, harakat faoliyatlari, har xil o‘yinlar, gimnastika, turizm, sport. So‘ng-aniq shart-sharoitlar, shug‘ullanuvchilarni yosh xususiyatlarini bilish va uni hisobga olish, material sport baza, muntazam tibbiy nazorat, gigienik me’yorlarni bilish, sanitariya va gigiena qoidalarini saqlash, tabiatning tabiiy omillarini saqlash, foydalana bilishlik, mutaxassis kadrlarni mavjudligi ijtimoiy, maishiy va boshqa shartlarni bajarish. Nihoyat aniq vazifalarni amalga oshirish, barcha sharoitlar mavjudligidan foydalanib tamoyil va metodlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. O‘rganish metodini yaratish mashqlarni qaytalanish sonini rivojlantirish,
mashg‘ulotlarni tashkil qilish, rahbarlik qilish shaklini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Har darsda bolalar u yoki bu harakatlarini o‘rganishi, bilishi va yangi topshiriqlar olishi, maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonida ularning jismoniy rivojlanishlari yaxshilanayotganligini sezishlari va ko‘rishlari kerak. Shuning bilan birga har bir o‘quvchining o‘ziga shaxsiy rekordi bo‘lishi va har bir o‘quvchining ana shunga olib kelish kerak. Buning uchun o‘qituvchi maktabda butun o‘qish davomida bolalar bilan ishlaganda ohirgi masadni aniq belgilab olishi zarur: bir yilga, chorakka, qator darslarga, ya’ni har xil davr vaqtida qarab faoliyat natijasini ko‘z oldida keltirishi kerak. Maqsadni qo‘yishlik o‘quvchilar faoliyatini yo‘lantiradi, boshqaradi va uni ongli qo‘llash imkonini beradi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi – maktab o‘quv kursini tugallanish davrida, har xil sharoitlarda, hayotiy, zaruriy harakat faoliyatlarni boshqara bilishlik va jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga muntazamlik talabini vujudga keltirishdan iborat.
Har bir o‘quv yilining maqsadi ma’lum sinf uchun maktab programmasida ko‘rsatilgan materialni o‘zlashtirib olishdan iborat. Dars seriyalari va o‘quv chorak maqsadi bo‘lgan aniq mashqlarni o‘zlashtirib olish: masalan, uzunlikka sakrashni o‘rganib olishdan iborat. Hamma bu biri ikkinchisidan kelib chiqadigan maqsadlar har bir darsga aniq vazifalarni qo‘yish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya metodikasida hamma vazifalar, yo‘naltirilishi nuqtai nazardan kelib chiqib, uch gruppaga bo‘lish qabul qilingan: ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy.
Biroq, bu guruhga bo‘lishlik shartlidir. Masalan: jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo‘yicha ishlarni biz sog‘lomlashtirish vazifasiga kiritamiz, uni ahamiyatini hisobga olgan holda qomatni shakllantirish uchun organizmni xamda organlari va sistemalarni yaxshi ishlashlari uchun imkoniyat yaratamiz. Zaruriy jismoniy sifatlar darajasini rivojlantirmay turib, jismoniy mashqlarga
muvaffaqqiyatli o‘rgatib bo‘lmaydi, shunday ekan ularni tarbiyalash bo‘yicha ishlarni ta’lim vazifasiga ham taaluqli deb hisoblash mumkin. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonidagi qiyinchiliklarni bosib o‘tishda o‘quvchi irodasi, qobiliyatliligini, botirligini tarbiyalaydi, bu esa odamning qator ruhiy sinflarini vujudga kelishida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘qituvchi amaliy ishlarda jismoniy mashqlarni o‘rgatish, sog‘lomlashtirish va tarbiya masalalarini hal etadi. Bu vazifalarni alohida-alohida ko‘rib chiqilishi ularning har birini mohiyatiga chuqurroq kirish maqsadida amalga oshiriladi.

Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling