O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar


Download 117.31 Kb.
bet6/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar. Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlarga Bolalar va O‘smirlar Sport Maktabi, Olimpiada Zahiralari Sport Maktabi, Sport Mahoratini Oshirish Maktablarida sport turlari bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari kiradi. Bu muassasalarda o‘quvchilar sport turlari bo‘yicha maxsus tayyorgarliklar o‘tadilar. Sport turlari bo‘yicha ixtisoslikka erishadilar.
SHunindek jismoniy tarbiyadan maktabdan tashqari ishlarga maktablar o‘rtasidagi har xil sport musobaqalari va bayramlardagi bellashuvlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari kiradi.
Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlarga maktab direktori, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda maktab jismoniy tarbiya jamoasi rahbari boshchilik qiladilar. Ular har bir o‘quvchini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etishlari va nazorat qilib borishlari hamda rag‘batlantirib turishlari shart.
Jismoniy mashqlardan oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi. Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim. Chiniqish o‘quvchilarni tabiat omillari yordamida muhit ta’sirlariga chidamliligini oshirishdir. Shuningdek chiniqish deganda organizmning tashqaridan bo‘ladigan turli zararli ta’sirlarga, avvalo sovuqqa, issiqqa, quyoshning kuchli radiatsiyasiga qarshiligining asta-sekin osha borishi tushuniladi.
O‘rgatishni sinf-dars shakli qadimga olimlar tomonidan umumlashtirilib nazariy asoslab bergan. Ya’ni o‘quvchilarni yoshlarini bir xilda bo‘lishi, jismoniy tayyorgarligi, darsni aniq vaqti, uning dars jadvalidagi o‘rni, darsda o‘qituvchining rahbarlik o‘rni, darsga qo‘yilgan vazifalarni albatta hal etilishi belgilab berilgan. Keyinchalik jismoniy mashqlar mashg‘ulotning xilma-xil tizimi vujudga keldi. Keyinchalik gimnastika, qilichbozlik, otda yurish, o‘yinlarni xilma –xil dars sxemalari ishlab chiqildi.
Qadimgi maktablarda ko‘proq o‘rin jismoniy tarbiyaga berilgan edi. O‘quvchilari darslarda qatnashganlarida ularning harakatlari faollashib, tartibli va aniqroq bo‘lib boradi. Bu sinflardagi harakatlar jismoniy tarbiya darslarida hosil qilingan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

  1. Download 117.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling