O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Jismoniy tarbiya darslarini maqsad va vazifalari


Download 117.31 Kb.
bet10/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

2.1. Jismoniy tarbiya darslarini maqsad va vazifalari


Darsga qo‘yilgan maqsad, qator vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish orqali hal etiladi. Shunday qilib vazifa maqsadga erishish bosqichi hisoblanadi.
Agar masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarda insonparvarlikni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu holda u qator vazifalarni izchillik bilan hal etmog‘i zarur: bolalarda o‘z o‘rtoqlariga nisbatan qadr-qimmatni o‘yg‘otish, o‘rtoqlarini muvaffaqqiyatsizliklaridan kulmaslik, do‘stlari bilan umumlashish vaziyatini yaratish, darsda va darsdan tashqari hollarda o‘zaro yordam qoidasini kiritib borish zarur. O‘quvchilarni ozodlikka o‘rgatib borib, kostyum, oyoq
kiyimi, soch tarashi, mashg‘ulot o‘rni, asbob –anjomlarga qator talablarni kiritib borish zarur. Bunda bir vaqtni o‘zida ahloqiy va estetik tarbiya vazifalari hal etilib beriladi.
Darsning tarbiyaviy imkoniyati o‘quv materialini mazmunidan kelib chiqadi. Saf mashqlari, birgalikda bajarilgan harakat faoliyatlari intizomni tarbiyalaydi. O‘yinlar bolalarda o‘zaro aktiv munosabatni oshiradi, demak o‘rtoqlik, jamoatchilikni tarbiyalaydi. Harakatli o‘yinlarni tarbiyaviy imkoniyatlari ularni mazmunidan iboratdir. Masalan, “Kosmonavtlar”, “Otliq sportchilar” tengqurlariga nisbatan diqqat muomalasini tarbiyalaydi.
O‘qituvchining sportchilarning qahramonliklari haqidagi suhbati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni e’lon qilganida darsning me’yori buzilmasiligi kerak.
Vazifalarni qo‘yish jarayonida o‘quvchilarda ularda qanday bajarish haqida aniq tushuncha hosil qilish zarur. Shundagina o‘quvchilarga qo‘yilgan vazifalarga nisbatan ongli muomalal va faolligi ortadi. Agarda qo‘yilgan vazifalarni har xil usullar bilan xal etish imkoni bo‘lsa, ularni aytib o‘quvchilarga eng yaxshi variantlarini tanlab olishlari uchun berishlari kerak. Ayniqsa buni yuqori sinqlarda dars o‘tganda amalga oshirish zarur.
Qo‘yilgan vazifalar vaqt limitiga muvofiq bo‘lishi va uning irodasi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lib uni bajarishi darajasi o‘zlarini baholay bilishlari kerak. Har bir darsda o‘qituvchi ko‘p vazifalarni hal etadi, ammo asosiy diqqatni o‘tilayotgan dars vazifasiga qaratadi. O‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday vazifalar darsga ikkita uchta kiritilishi mumkin, ayniqsa sport o‘yinlarida. Ularni o‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Shuning bilan birga darsni tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ahamiyati olg‘a turmog‘i kerak. Masalan, o‘quvchilarni ikki tomonlama o‘yinga jalb etib, g‘alabaga erishish uchun jamoa bo‘lib ko‘rinishni ahamiyatini eslatib qo‘ymog‘i zarur.
Darsni vazifasi, ularni qo‘yilishi va o‘quvchilar ongiga etkazilishida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni boshqa formalari bilan chambarchas bog‘liqligini unutmaslik kerak. Har bir o‘qituvchi shuni yodda tutishi kerakki,
rasmiyatchilik munosbati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham rasmiyatchilik munosabati bilan javob beradilar.
Umumta’lim xunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini kuchaytirish talab etiladi. Mamlakatni ilg‘or maktablarining amaliyoti va ko‘pgina ilmiy-qidiruv ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda o‘z- o‘zini jismoniy takomillashtirish talabini shakllantirish jarayoni qator o‘zaro bog‘langan yo‘nalishlardan iborat:
-bolalarda jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga qiziqish va ijobiy muomalada bo‘lishni tarbiyalash;
-o‘quvchilarni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, ular asosida muntazam mashg‘ulotlarni zarurligiga ishonch hosil kilishni shakllantirish;
-mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil qila bilish va malakani shakllantirish;
-o‘quvchilarni har kunlik jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga amaliy o‘rgatish;



Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling