O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Download 117.31 Kb.
bet17/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Darsning tayyorlov qismi shunday o‘tkazilishi kerak:

    • darsga qo‘yilgan ma’lum vazifalarni ongili bajarish uchun o‘quvchilarni uyushtirishimiz va psixologik tayyorgarlikni vujudga keltirish zarur;

    • o‘quvchilar ma’lum xarakterdagi mashqlarni o‘zlashtirib olishga tayyorlash, o‘yinli, engil atletikali;

    • o‘quvchilar organizmini ko‘proq jadalli, shiddatli, murakkab mashqlarni bajarishga funksional tayyorlash;

    • qomatni shakllantirishga yordam berish, engillikni tarbiyalash, harakat faoliyati bilan boshqara bilishlik.

Demak tayyorlov qism darsning umumiy vazifalarini hal etish uchun bog‘liq bo‘lgan eng yaxshi sharoit bilan ta’minlash vazifalarini hal etadi va bir vaqtning o‘zida nisbatan mustaqil ta’lim va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Dars sinfning umumiy saflanishi va navbatchi o‘quvchini dars boshlanishga tayyor ekanligi haqidagi raport bilan boshlanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning navbatchisi raport berishi shart emas. Navbatchi o‘quvchidan
raport qabul qilishlik dastur bo‘yicha uchinchi sinfdan boshlanadi. Ammo bolalarni birinchi bor raport bilan tanishtirganda, uning tarbiyaviy ahamiyati ko‘zda tutib, ka’tiy e’tirof talab etish zarur.
Salomlashgandan so‘ng navbatchi sinfning o‘ng qanotiga turadi. Bu har bir o‘quvchiga yiliga ikki marotabadan safni saflash imkonini beradi. Saf mashqlarini o‘rganish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, saflanish va qayta saflanish hamda saf burilishlari haqida malaka hosil bo‘ladi. O‘quvchi saflanishdagi bir xillikdan, shablon qochishi, joylash va joylarini o‘zgartirish usullari xilma-xil tarzda tashkil etish kerak.
Kichik sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi amalga oshiradi, o‘rta va yuqori sinflarda –navbatchi o‘quvchi o‘qituvchi bilan kelishgan holda bajaradi. Dars boshlanguncha o‘qituvchi mashg‘ulot joyiga kelguncha siniq saflangan va salomlashishga tayyor turgan bo‘lishi kerak.

Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling