O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta
Download 117.31 Kb.
|
Aziza kurs ishi boshqatdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifasi
- Kurs ishini tayyorlash
- Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan ilmiy tadqiqot usullari
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Bugun shiddat bilan rivojlanish davrida islohatlar sport soxasini ham chetlab o‘tmayapdi. Respublikamizning barcha joylarida muxtasham sport inshootlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Yaratilgan sharoitlardan yoshlar o‘z sog‘liqlarini yanada mustaxkamlashlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sport inshootlarida sport bilan shug‘ullanishmoqda. Sport majmualari zarur sport anjomlari bilan jixozlantilirmoqda, bunday chora tadbirlar kelajakda vatanimiz uchun munosib farzandlarni sog‘lom bo‘lib kamol topishida muhim axamiyat kasb etmoqda.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Kurs malakaviy ishda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish jarayonlarida jismoniy harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining maqsad va vazifalari tahlil etildi. O‘quvchilarning ta’lim 1 Ватан ва халқ мангу қолади. И.Каримов Тошкент. 2010 muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlarini asosiy shakllari va ularni tashkil etish uslublari va talablari ham o‘rganildi. Shuningdek Kurs malakaviy ishda o‘quvchilar jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘lgan ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya darslari, sport to‘garaklardagi mashg‘ulotlar hamda sport musobaqalarini tashkil etishda jismoniy tarbiya va sport murabbiylarining kasbiy faoliyatlari ham o‘rganildi. Kurs ishini tayyorlash: Farg‘ona viloyati Quva tumani 51- umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida maktabda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarida jismoniy harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining uslublari va tamoyillari o‘rganilgan. Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan ilmiy tadqiqot usullari: Adabiyotlar, darsliklar, ilmiy, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar hamda Internet materiallarini o‘rganish. Tekshiriluvchilar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarini baholash va nazorat qilish uchun pedagogik nazoratlar, amaliy sinov-nazorat me’yorlari, testlar o‘tkazish, suhbatlar, anketalar, uchrashuvlar tashkil etildi. Kundalik yurgizildi. Natijalar qayd etib borildi. Tekshiriluvchilar jismoniy va amaliy tayyorgarliklarini baholash, sog‘liklarini o‘rganish uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etish. Tibbiy ko‘rik davomida antropometrik tekshirishlar-tana vazni, bo‘y va tana qismlari uzunligini o‘lchash, bilak muskullari kuchini dinamometrlarda o‘lchash, bel muskullari kuchini satnometrda o‘lchash, o‘pkaning tiriklik sig‘imini spirometrda o‘lchash, ko‘krak qafasi aylanasini nafas olganda, nafas chiqarganda va tinch holatda o‘lchash, yurak urishlari sonini tinch holatda va jismoniy yuklama bajargandan so‘ng hamda dam olgandan keyin o‘lchash ishlari o‘tkazildi. Tibbiy varaqalar tayyorlandi. Download 117.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling