O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta
Sog‘lomlashtirish vazifalari
Download 117.31 Kb.
|
Aziza kurs ishi boshqatdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
Sog‘lomlashtirish vazifalari. O‘qituvchi ta’limni hal etish bilan birga unga parallel holda sog‘lomlashtirish vazifasini ham qo‘yadi. Buning uchun u jismoniy mashqlar darsida bajariladigan, shug‘ullanuvchilar organizmiga yaxshi ta’sir etuvchi qator tadbirlarni amalga oshiradi. Bu planda jismoniy yuklar me’yorini to‘g‘ri belgilash, mashg‘ulotlarni o‘tish o‘rnini gigienik holatini, ularni toza havoda tashkil etish, o‘quvchilar formasiga talablar katta ahamiyatga ega. Ayniqsa har bir mashqni bajarganda shug‘ullanuvchilar holatiga va nafas olishiga diqqatni qaratish zarur. Chunki mashqni to‘g‘ri bajarishga o‘z vaqtida nafas olish va nafas chiqarish, tanani to‘g‘ri holatiga bog‘liq bo‘lib, faqat sog‘lomlashtirish samarasigina berib qolmasdan, mashqlar ham muvoffaqqiyatli o‘zlashtirib olinadi.
Sog‘lomlashtirish vazifasini hal etishda, o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etganda salomatligi bo‘yicha maxsus meditsina gruppasiga kiritilgan, vaqtincha jismoniy yuklardan ozod bo‘lgan, kasalligi tufayli bir necha darsni qoldirgan bolalarga ayniqsa katta e’tibor berish zarur. Sog‘lomlashtirish vazifasini hal eta borish, o‘quvchilarni nazorat metodi va organizm holatini baholashga o‘rgatilib boriladi. Bu o‘quvchilarni mustaqil jismoniy mashqlardan foydalanishga o‘rgatish haqida eng zarurdir. Sog‘lomlashtirish vazifasini ta’lim bilan parallel amalga oshira borib, o‘qituvchi ularni diqqatini vaqti-vaqti bilan talaffuz qilishga tortadi, ularni dars konspektiga yozib boradi. Tarbiyaviy vazifalari. Jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilar shaxsini tarbiyalashda katta ta’sir etish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyatlar darsni tashkil etilishdan boshlanadi, agar o‘qituvchi bu jarayonni boshqarsa, tarbiya vazifalari qo‘yilsa, bu holda ijobiy natijalarga erishadi, agar bu jarayon o‘z holiga qo‘yib qo‘yilsa, xatto salbiy samara olish mumkin. Darslarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir o‘qituvchilar o‘quvchilar psixologik tayyorlashga ahamiyat bermaydilar. Bunda asosiy o‘rinni o‘quvchilarni mashqni bajarishi, o‘z holatini mustaqil boshqara bilishiga jalb etishlik egallashi kerak. Masalan, rejalashtirilgan jismoniy yuklarni bajarishga irodani tarbiyalab vujudga kelgan tolishni va qo‘rquvni engib o‘tishga butun kuchni sarflash zarur. Darsda asosiy e’tiborni o‘quvchilarni jismoniy takomillashuv talablariga ehtiyoj hosil qilishga qaratiladi. Ehtiyoj – bu shaxsni ma’lum faoliyatlariga jalb etish bilan xarakterlanib, yashash shartini zaruriyati, sifatida idrok qilinadigan, psixologik holatdir. O‘quvchilar bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallab olib, o‘zaro bir- biri bilan, o‘qituvchi bilan musobaqada bo‘lib, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, intizomga, mehnat qilishga, jamiyat mulkini saqlashga o‘rganadilar. Bunday munosatlar juda ko‘p va ular doimo o‘qituvchining diqqat e’tiborida bo‘lishi kerak. O‘qituvchi ularni ko‘radi, to‘g‘rilaydi, nazorat qiladi, zaruriy tomonga yo‘lantiradi. Bu muomala va munosabatlarning kutilmaganda yuz beradigan intizom formalariga e’tibor berib, ahloqiy rivojlantirishlari uchun bor imkoniyatdan foydalanmog‘i kerak. Pedagog bolalarni tabiatga nisbatan salbiy munosabatini ko‘ra bila turib befarq qaramasligi, mashqni yaxshi bajara bilmagan o‘quvchi ustidan yo‘l qo‘ymasligi kerak. Darsni tashkil etishning an’anaviy usuli katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, qaysiki o‘qituvchi ma’lum talablarni qo‘yib butun jarayonini ko‘z oldida tutishi zarur. Bu talabalar asosan quyidagilardan iborat: darsga sinchiklab tayyorgarlik ko‘rish, darsda mehnatga bo‘lgan munosabatni vujudga keltirish, o‘kish vaqtida javobgarlikni his ettirish va ehtiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish; darsda birgalikdagi faoliyatining muvaffaqqiyat sharti bo‘lgan mehnat intizomini saqlash; o‘rgatishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro munosabat, o‘zaro hurmatni etik me’yorlarini saqlash; jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik bilan qarashga o‘rgatish; komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, kollektiv faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to‘g‘ri tushinish; zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig‘ishtirishda katnashish, o‘z- o‘ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash; yagona formani talab etish, o‘z ramziga ega bo‘lishlik vatanparvarlik va o‘z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini his etishga o‘rgatish; o‘rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan kulishni kat’iyan taqiqlash. An’analarni o‘rgatish uchun birinchi darslar qulay sharoit yaratadi. Bu darslarda bolalar o‘qituvchini har qanday tartib intizom taklifini qabul qilishga tayyor turadilar. SHunday qilib, darsda tarbiyaviy tarbiyaviy maqsad bo‘lgandagina u dars tarbiyalaydi. Ammo bir dars jarayonida xech qachon maqsadga erishib bo‘lmaydi, chunki bir darsda shaxsiy sifatlar xech qachon shakllanmaydi. Ularni amalga oshirish uchun amaliyotni ko‘rsatishiga qaraganda vazifalarni o‘quvchilar orasida xaqqoniy to‘g‘ri taqsimlab shu vazifalarni 6-8 darslar davomida takrorlash maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda muntazam ravishda, qo‘yilgan talablarni so‘zsiz bajarilishini talab etish, unga sharoit yaratib berish hamda o‘quvchilar faoliyatlarini doimo baholab borish zarur. Download 117.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling